• 2015-yilgacha qurilishi rejalashtirilgan 500 kV kuchlanishli elektr
  • O‘zRda elektr energiyani ishlab chiqarish va iste’moli




    Download 8,06 Mb.
    bet10/105
    Sana18.09.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #271589
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105
    Bog'liq
    Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash

    O‘zRda elektr energiyani ishlab chiqarish va iste’moli


    balansining ssenariysi (MVt.soat)













    1.3-jadval







    Balansning tashkil etuvchisi

    2010 y., amalda

    2015 y.

    2020 y.




    1.

    EE iste’moli

    50747,0

    56000,0

    64900,0




    2.

    EE eksporti

    1164,0

    900,0

    1800,0




    3.

    EE ishlab chiqarish

    51911,0

    56900,0

    66700,0







    shu jumladan:













    3.1. «O‘zbekenergo» DAK

    50057,0

    52315,0

    62115,0







    shu jumladan

    43508,0

    46568,0

    53442,0




    3.1.1. IES




    3.1.2. GES

    6549,0

    5746,0

    8352,0




    3.1.3. NQTE

    -

    -

    321,0




    3.2. Blokstansiyalar

    1834,0

    4585,0

    4585,0







    15


    Elektr energiya balansini ushbu jadvalda keltirilgan darajada bo‘lishini ta’minlash elektr stansiyalarida qo‘shimcha, samarali bloklarni o‘rnatib, ishga tushirish, mavjudlarini modernizatsiyalash, qo‘shimcha elektr tarmoqlarini qurishni nazarda tutadi.

    2015-yilgacha bo‘lgan vaqt davomida issiqlik energetikasi sohasida Navoiy IESni 478 MVt quvvatli bug‘-gaz qurilmasi (BGQ)ni o‘rnatish hisobiga kengaytirish, Toshkent issiqlik elektr markazini 3 ta 27 MVt quvvatli gaz-turbina qurilmasi (GTQ)ni o‘rnatish hisobiga modernizatsiyalash, Tollimarjon IESni 2 ta 450 MVt quvvatli BGQni o‘rnatish hisobiga kengaytirish, Toshkent IESni 370 MVt quvvatli BGQni o‘rnatish hisobiga modernizatsiyalash, Angren ko‘mir havzasini modernizatsiyalash orqali Yangi-Angren IESning 1-5 bloklarini butun sutka davomida ko‘mir yoqishga o‘tkazish bo‘yicha investitsiya loyihalarining bajarilishi ko‘zda tutilgan.


    Gidroenergetika sohasida esa, ushbu vaqt davomida moder-nizatsiyalash ishlarini amalga oshirish hisobiga Chorvoq GESning quvvatini 45 MVtga, Toshkent GESlari kaskadining quvvatini 8,3 MVtga, Quyi Bo‘zsuv GESlarining quvvatini 2,5 MVtga oshirishga oid investitsiya loyihalari bajariladi.


    Elektr tarmoqlarini takomillashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalari bir qator magistral elektr uzatish liniyalari va podstansiya-larining qurilishini ko‘zda tutadi. Jumladan, ushbu muddatlarda qurilishi rejalashtirilgan 500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va podstansiyalari haqida ma’lumotlar 1.4- jadvalda keltirilgan.


    Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida elektr energetikasini taraqqiy ettirishning 2011–2015-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishish rejalashtirilgan:


    – 2393 MVt generatsiyalanuvchi quvvat, 1004 km uzunlikdagi 110-500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari, umumiy quvvati 2118 MVA bo‘lgan transformatorlar ishga tushiriladi;
    – energetik ishlab chiqarishning samaradorligini oshishi hisobiga har yili 1010 mln.kub.m. gaz iqtisod qilinadi;

    – elektr energiyani uzatishdagi isroflar 437 mln.kVt.soatga kamayadi;


    – yoqilg‘i-energetika balansida ko‘mirning ulushi 3,6% dan 10-
    11% gacha ortadi;
    – maishiy sektorda 4,5 millionta elektr energiya sarfini hisobga olish asboblarini o‘rnatish bilan modernizatsiyalash orqali elektr energiya isrofi 1,8 mlrd.kVt.soatga kamayadi.

    16


    2015-yilgacha qurilishi rejalashtirilgan 500 kV kuchlanishli elektr



    Download 8,06 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zRda elektr energiyani ishlab chiqarish va iste’moli

    Download 8,06 Mb.