111
«VIJDON ERKINLIGI VA DINIY
TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA»GI
QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI
23-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkin-
liklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida teng-
dirlar», deb qayd etilganida qanday qadriyatlar nazarda tutiladi?
2. Vijdon erkinligini ta’minlash borasida mamlakatimizda qanday amaliy
ishlar olib borilmoqda?
Konstitutsiyamizning 31-moddasida «Hamma uchun
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan
dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qil-
maslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan sing-
dirishga yo‘l qo‘yilmaydi», deb mustahkamlab qo‘yil-
gan.
Ushbu qoidani amalga oshirish mexanizmi sifatida
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonuni
3-moddasida vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday
dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qil-
Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek,
ularning ixtiyoriga, otaonalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ix
tiyoriga zid tarzda dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi.