Jonivorlar va o‘simliklarga sig‘inish. Markaziy
Osiyo xalqlari orasida, asosan, quyidagi jonzotlar va
o‘simliklar muqaddaslashtirilgan:
Bo‘ri. Qadimgi turk afsonalariga qaraganda, Ashi-
na qabilasidan bo‘lgan yosh go‘dakni bo‘ri emizib kat-
ta qilgan. Shuning uchun ham Yevroosiyo vohalaridagi
turklarning ko‘k bayrog‘ini bo‘rining oltindan yasalgan
boshi bezab turgan. Bo‘rining mo‘jizaviy ilohiy kuchiga
ishonch shu kunlargacha qisman saqlanib qolgan.
Ot. Otni ulug‘lash turkiy xalqlar orasida qadimdan
mavjud bo‘lgan. Buni Janubiy Qirg‘iziston tog‘larida-
gi (Aravon, Ayirmoch-Tog‘) qoyalarga bitilgan otlar
tasvirida ko‘rishimiz mumkin. Tasvirlar tagida hayvon-
larni qurbonlikka keltirib, sham yoqish uchun tokcha-
lar yasalgan. Otning muqaddasligi haqidagi tushuncha
nafaqat dashtlarda yashovchi qabila va elatlarda, balki
dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi orasida
ham keng tarqalgan.
Odamlar! Eng
avvalo, ezgu
axloqqa ega
bo‘lishga hara-
kat qiling,
zero, axloq qo-
nunning asosi-
dir.
Pifagor
19
MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Animizm, totemizm, fetishizm, shomonlik, sehrgarlik kabi dastlabki
diniy tasavvurlar o‘rtasida qanday umumiylik bor? Ularning bugungi
kundagi ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering.
2. Ilk diniy tasavvurlarning bugungi kundagi ko‘rinishlari haqida ko‘rgaz-
mali slayd tayyorlang (MS Power Point).
3. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari hayotida animistik, totemistik, feti-
shistik va shamanistik tasavvurlarning o‘rni nimalarda aks etgan?
4. Tarix fanidan milliy va jahon dinlarining qanday paydo bo‘lganligi
haqida ma’lumot to‘plang.
Qushlar. Rivoyatlarga ko‘ra, o‘zlarini O‘g‘izxon avlodlari deb hisoblagan
turkiy o‘g‘izlar bobolar timsolini yomonliklardan asrovchi qushlarda ko‘rish-
gan. Qirg‘iy, burgut, lochin, qarchig‘ay kabi qushlar qabila a’zolariga baraka
va baxt olib keluvchi muqaddas jonzotlar hisoblanib, ularni otish qat’iyan man
etilgan.
O‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari qadimda ukki, boyo‘g‘li, burgut va
lochin patlarining muqaddas kuchiga ishonganlar. Bugunga qadar ham kichik
yoshdagi o‘g‘il bolalar va qizchalarning bosh kiyimlari, beshik va belanchakla-
rini qushlar pati bilan bezaydilar. Markaziy Osiyo xalqlari orasida qirg‘ovul,
tovus, xo‘roz muqaddas qushlar deb sanalgan.
Daraxtlar. Markaziy Osiyoda chinor va sarv daraxtlari (archa) qadimdan
muqaddas kuchga ega obyekt sifatida e’zozlangan. Ularga qizlar o‘z qalb sir-
larini aytib, daraxt shoxlariga nishona bog‘lab, armonlarining ushalishiga umid
qilganlar. Janubiy Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikistonda chinor darax-
ti g‘oyat e’zozlanadi. Turkmanlar chinorning qurigan shoxlarini o‘tin sifatida
yoqib, istifoda etishga ham qo‘rqadilar.
Turkmanistondagi Feruza vohasi uzunligi qirq metr keladigan «Yetti aka-
uka» chinori bilan mashhur. Sayrob qishlog‘idagi bahaybat chinorning to‘rt
metrli kavagida bir vaqtlar hatto madrasa joylashgan. Toshkent yaqinidagi
Burchmulla qishlog‘ida odatdan tashqari katta chinorni ziyorat qilishga keluv-
chilarning keti uzilmaydi.
|