10
va din mutanosibligi natijasida XV asrgacha matemati-
ka, astronomiya, tibbiyot, kimyo va boshqa aniq va tabiiy
fanlar yuksaldi. XVI asrdan boshlab esa bu mintaqada
ilm-fan, shuningdek, diniy ilmlar ham turg‘unlik davrini
boshdan kechirdi. Bu davrda fanning, aynan diniy ilmlar-
ning inqirozga yuz tutishiga dinning ma’rifiy mohiyatini
chuqur anglamagan mutaassiblar sabab bo‘ldi.
Yevropa Sharqdan falsafa va tabiiy fanlar estafetasini
olib, XVI asrdan jadal rivojlanishni boshlagan bo‘lsa-
da, bu yerda fan mutaassib ruhoniylar tomonidan ta’qib
qilindi. Fan va din tarixidagi bu munosabat ular o‘rta-
sida murosasiz kurash davrini keltirib chiqardi. Fan va
san’atda Uyg‘onish davrining, dinda esa katolitsizm-
ning markaziga aylangan Italiyada bu qarama-qarshi-
lik o‘zining avj pardasiga chiqdi. Fan va adabiyot dinni
yolg‘onga chiqardi, nafaqat ruhoniylar, hatto Xudo usti-
dan pamflet (hajviy tanqid)lar yozildi.
Din ham fandagi deyarli har bir yangilikni kufr-
ga yo‘ydi. Reformizm (Lyuter, Kalvin, Erazm Rot-
terdamskiy) ta’sirida bu qarama-qarshilik nisbatan
tinch roq jabha — g‘oyalar kurashiga ko‘chsa-da, lekin
shiddatini susaytirmadi.
XIX asrda paydo bo‘lgan bir tarafdan «din — afyun»,
ikkinchi tarafdan «Darvinning o‘zi maymundan tarqagan»
kabi da’volar asorati hozirgi kunda ham seziladi. Fan va
din o‘rtasidagi kurashga siyosatning aralashuvi bir qancha
fojialarni keltirib chiqardi. Ayniqsa, hokimiyat «jango var»