31
Hanukka bayrami
Milliy xususiyatga ega
Purim
(Shirinlik bayrami)
adar (fevral-mart) oyining 14-kuni nishonlanadi. Ush-
bu bayram Quddusda 1 kun, boshqa joylarda esa 2 kun
davom etadi.
Bu bayram Ester ismli qiz tufayli yahudiylar-
ning Eronda qatliomdan qutulib qolishlari sharafiga
bag‘ishlanadi va unda ko‘ngilochar bazmlar uyushtiri-
lib, shirinliklar tarqatiladi.
Hanukka
(ibr. — «yangilanish», «yoritish»)
yahudiy larning Suriya qiroli Antiokas ustidan qozongan
g‘alabalari sharafiga bag‘ishlangan bayram hisoblanadi.
Kislav (noyabr-dekabr) oyining yigirma beshinchi
kunidan boshlanib 8 kun davom etadigan bu bayram-
ning odatiy kunlardan birgina farqi hanukkiya deb
nomlangan to‘qqiz shoxli shamdondan har kuni bittasi-
ning yoqilishidir.