• Omborlarni axborot bilan ta’minlash
  • Buyurtmalarni bajarilishi ustidan nazorat va mijozlarga xizmat ko‘rsatish
  • Bo‘sh maxsulottashuvchilarni yig‘ish va eltib berish




    Download 1,77 Mb.
    bet79/91
    Sana09.07.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #267097
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   91
    Bog'liq
    umumiy ma\'ruza

    Bo‘sh maxsulottashuvchilarni yig‘ish va eltib berish
    Maxsulot tashuvchilar xarajatlar qismida sezilarli rol o‘ynaydilar. Maxsulottshuvchilar - deganda ichki va shaxar bo‘ylab tashishga ishlatiladigan poddon, konteynerlar va boshqalar tushuniladi. Odatda ko‘paylanma maxsulottashuvchilardan foydalaniladi, ya’ni tashish texnologik sxemasi bo‘yicha maxsulottashuvchilarni jo‘natuvchilarga qaytarish nazarda tutiladi. Maxsulot tashuvchilarning qaytarilishi faqatgina ularni keraklicha soni aniq ma’lum bo‘lganda va istemolchilar tomonidan qaytarilishi aniq vaqt oralig‘ida bo‘lgandagina samara berishi mumkin.
    Omborlarni axborot bilan ta’minlash
    Ombordagi axborot oqimlarini boshqarib turadi va ombor bo‘limlarini bog‘lab turuvchi xisoblanadi. Axborot oqimlarini boshqarish tizimining texnik xolatiga qarab mustaqil tizim bo‘lishi va umumiy bo‘lgan materiallar va axborot oqimlari avtomalashtirilgan boshqaruv tizimining nimtizimi sifatida bo‘lishi mumkin. Axborot ta’minoti o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

    • Kiruvchi xujjatlarni qayta ishlash

    • Mijozlar buyurtmalari bo‘yicha takliflar

    • Etkazib beruvchilar byurtmalarini rasmiylashtirish

    • Jo‘natishni va qabul qilishni boshqarish

    • Ombordagi maxsulotlar bo‘p turishini nazorat qilish

    • Istemolchilar buyurtmalarini qabul qilish

    • Jo‘natma xujjatlarini rasmiylashtirish

    • Tashish marshrutini tanlashda va yuklash variantlarini tanlashda yordamberuvchi dispetcherlik yordami

    • Mijozlarning xisoblarini tekshirish

    • Tashkilotning yoqori pog‘ona ishchilari bilan aloqa almashish

    • Xar xil statistik ma’lumotlar

    Buyurtmalarni bajarilishi ustidan nazorat va mijozlarga xizmat ko‘rsatish
    Buyurtmalarni bajarish ustidan nazorat va mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar avvalo sotuv bo‘limining ishini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, bundan xizmat ko‘rsatish sifati kelib chiqadi. Firmaning faol ravishda sotib oluvchilarga logistik xizmat ko‘rsatish, raqobatdagi boshqa firmalardan ajralib turishini ta’minlovchi muxim bir ustunlik sifatida qo‘l kelishi mumkin. Xizmat ko‘rsatishning 3 ko‘rinishi mavjud bo‘lib, ular: sotisholdi, sotish davomida va sotishdan keyin. Sotisholdi xizmati bilan sotuv bo‘limi shug‘ullanadi; Ombor qolgan ikki sotilish va sotuvdan keyingi xizmatlarni ko‘rsatadi. Sotish davomidagi xizmatlar:

    • Maxsulotlarni saralash

    • Yuborilayotgan maxsulotlarni to‘liq tekshirish

    • Qadoqlash va o‘rash

    • Buyurtmani o‘zgartirish

    • Ekspeditorlik xizmatlari, tushirish bilan birga

    • Axborot xizmatlari

    • Transport tashkilotlari bilan shartnoma tuzish

    Sotishdan keyingi xizmatlar o‘z ichiga istemolchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni oladi:

    • Maxsulotni joylashtirish

    • Kafolatli xizmat ko‘rsatish

    • Extiyot qismlar bilan ta’minlash

    • Vaqtinchalik maxsulotni almashtirish

    • Buzulgan maxsulotni qabul qilish va almashtirib berish.

    Omborda logistik jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etilganligi uning rentablligining asosi xisoblanadi. SHuning uchun logistik jarayonni tashkil etishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
    1) Mexnat zonalarini ombor bo‘ylab to‘g‘ri taqsimlash, bu o‘z navbatida xarajatlarni kamayishiga va yukni qayta ishlash jarayonini takomillashishiga yordam beradi;
    2) Uskunalarni omborga ixcham va qulay joylashtirish, bu esa omborning quvvatini oshiradi;
    3) Ko‘p turdagi ishlarni bajaruvchi mexanizmlarni ishlatish, bu ko‘tarma-transport vositalar parkini qisqartiradi;
    4) Omborni ishlatish xarajatlarini kamaytirish maqsadida omborichi tashish marshrutlarini to‘g‘ri tanlash va omborning o‘tkazish qobilichtini oshirish;
    5) Transportda to‘xtalishlarni qisqartirish uchun yuk pariyalarini umumlashtirib ortish va markazlashtirilgan eltib berish;
    6) Xujjatlashtirish va axborot almshmhinuvi bilan bog‘liq ishlaridagi vaqt va xarajatlarni kamaytirish uchun axborot tizimlaridan iloji boricha ko‘proq foydalanish lozim.
    Logistik jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etishda goxida sezilarsiz tuyuladigan sabablar xam o‘ziga xos ahamiyat kasb etishi mumkin, bularga: band yo‘laklarni bo‘shatish, yoritishni yaxshilash, ish joyini tashkillashtirish. Ombor ishini yaxshilashda mayda narsalar yo‘q, xar bir elementni o‘rganish logistik jarayonlarni yaxshilashga qaratilmog‘i lozim.




      1. Download 1,77 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   91




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo‘sh maxsulottashuvchilarni yig‘ish va eltib berish

    Download 1,77 Mb.