• 4-MA’RUZA. XARID LOGISTIKASINING VAZIFASI VA USULLARI REJA
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • Ditorlik opеratsIYalar




    Download 1,77 Mb.
    bet14/91
    Sana09.07.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #267097
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91
    Bog'liq
    umumiy ma\'ruza

    NAZORAT SAVOLLARI.

    1. Logistika konsepsiyasining tashkil etuvchilari.

    2. Logistikaning asosiy maqsadlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha ishlarning yo‘nalishlari.

    3. Logistika tizimi va unga kiruvchi tizimostilarning tarkibi.

    4. Logistika tizimi deganda nimani tushunasiz?

    5. Logistika tizimi doirasi deganda nimani tushunasiz?

    6. Logistika konsepsiyasi nima?

    7. Xizmatlar sohalari haqida nima bilasiz?

    8. Logistika tizimi faoliyati haqida fikringiz?

    9. Xizmat sohalari turlarni aytib bering.

    10. Logistik tizim – marketing bilan bog‘liqligi haqida fikringiz.

    11. Franko-narx va eltib berish narxi.



    4-MA’RUZA.
    XARID LOGISTIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
    REJA

      1. Xarid logistikasining muammolari va funksiyalari.

      2. Materiallar xarid qilish jarayoni va uning asosiy bosqishlari.

      3. Buyurtmalarni joylashtirish.

      4. Xaridorning tashish uchun bahosi

      5. Xaridor xizmati nima?



    Tayanch so‘z va iboralar
    Xarid logistikasi, xom ashyo, materiallar va ehtiyot qismlar, moddiy resurslar, yetkazib beruvchi, shartnoma, sifat, xizmat, baho, vaqt, dastlabki bitim, xaridor



      1. XARID LOGISTIKASINING MUAMMOLARI VA FUNKSIYALARI

    - xarid logistikasi tushunchasi.
    - xarid logistikasining funksiyalari.
    - hozirgi kunda xarid logistikasi tutgan o‘rnining oshishi.
    Xarid logistikasi tushunchasi. Xarid logistikasi bu korxonani moddiy resurslar bilan ta’minlash, resurslarni korxona omborlariga joylashtirish, ularni saqlash va ishlab chiqarishga jo‘natish jarayonidir.
    Xarid logistikasining maqsadi bo‘lib ishlab chiqarishning materiallarga bo‘lgan talabini maksimal darajada iqtisodiy samara bilan qoniqtirish hisoblanadi.
    Bu maqsadga bir qator muammolar hal qilinishi natijasida erishiladi. Bu muammolarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

    1. xom ashyo, materiallar va ehtiyot qismlarni xarid qilishning asoslab berilgan muddatlariga tayanish;

    2. kelib tushishlarning miqdorini, ularga bo‘lgan talab bilan taklif mosligini ta’minlash;

    3. xom ashyo, materiallar va ehtiyot qismlarning sifatiga qo‘yiladigan ishlab chiqarish talablariga rioya qilish.

    Xarid logistikasisiz korxona me’yori faoliyat ko‘rsata olmaydi. U turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchilar va ularning ishini nazorat qiluvchilar o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.
    Xarid logistikasining funksiyalari. Xarid logistikasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:

      • moddiy resurslarni xarid qilish strategiyasini shakllantirish va ularga bo‘lgan talabni bashoratlash;

      • potensial yetkazib beruvchilar tomonidan tushadigan takliflarni qabul qilish va baholash;

      • yetkazib beruvchilarni tanlash;

      • moddiy resurslarga qo‘yiladigan talablarni aniqlash, hamda materiallar va mahsulotlarga beriladigan buyurtmalar miqdorini hisoblash;

      • buyurtma berilayotganda resurslar narxini kelishish va yetkazib berish haqida shartnomalar tuzish;

      • materiallar kelib tushish muddatlari ustidan nazorat;

      • moddiy resurslar sifatini qabul qilish nazoratidan o‘tkazish va omborlarga joylashtirish;

      • moddiy resurslarni ishlab chiqarish bo‘linmalarigacha yetkazib berish;

      • omborlarda moddiy resurslar zaxiralarini me’yoriy darajada ushlab turish.

    Yuqorida aytib o‘tilgan funksiyalar moddiy texnik ta’minot xizmati(xarid bo‘limi) va korxonaning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bu bo‘linmalar quyidagilar: marketing bo‘limi, ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tayyorlash xizmati, buxgalteriya, moliyaviy va yuridik bo‘limlar.
    Hozirgi sharoitda xarid logistikasi tutgan o‘rnining oshishi. Bozor munosabatlariga o‘tish jamoa ishlab chiqarishida xarid logistikasining tutgan o‘rnini va oshib borayotgan mavqeini tasniflaydi.
    Bozor munosabatlari ishlab chiqarishning moddiy - texnik ta’minoti sohasida bir qator muhim o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Ular orasida eng muhimlari quyidagilardir:
    - bozor tomonidan talab etilayotgan, tez o‘suvchi mahsulot assortimentining ta’siri;
    - ishlab chiqarishga yangi mahsulotni kiritishga ketadigan vaqtni qisqartirish va shu yo‘l bilan assortiment kengayishini tezlashtirish;
    - ishlab chiqarish davri davomiyligini qisqartirish;
    - bozorni zarur tovarlar bilan to‘ydirish maqsadida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobat kuchayishi.
    Bu o‘zgarishlarning barchasi, korxonaning har xil turlari – ishlab chiqarish, iqtisodiyot, moliyaviy faoliyat ko‘proq moddiy - texnik ta’minotga bog‘lanishiga olib keldi. Ta’minot tizimida samara bermayotgan keng zonalar mavjudligi, ularni ratsionallashtirish esa katta iqtisod berishi mumkinligi aniq bo‘ldi. Ishlab chiqarishining moddiy ta’minot jarayonlarini tashkil etishga va ularni boshqarishga yangisha yondashuvlarni amalga oshirish zaruriyati tug‘ildi.
    70 – 80 yillarda o‘tkazilgan ilmiy - tadqiqot ishlari va ishlab chiqarishni moddiy ta’minot tizimini mukammallashtirish bo‘yisha amaliy tadbirlar natijasida xarid logistikasi shakllandi, u moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat ko‘rsatish sharoitlariga va bozor sharoitida mahsulotlarni aylanishiga mos kelardi.




      1. Download 1,77 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91




    Download 1,77 Mb.