• Maruza mavzusi: ICHAK OQMALARI
  • MARUZA T E XNOLOGIK XARITASI
  • Maruzani kiskacha asoslab berish
  • Maruzaning tarbiyaviy maksadi
  • Maruzada kuriladigan masalalar
  • Mavzuni kanchalik uzlashtirganligini bilish uchun auditoriyaga beriladigan savollar
  • Ichak oqmalari etiologiyasi va epidemiologiyasi
  • Etiologiya, patogenezi va tuzilishi.
  • Ichak okmalari klassifikatsiyasi
  • Klinikasi va diagnostikasi
  • Adabiyotlar Asosiy: Karimov Sh.I. «Xirurgik kasalliklar» Toshkent
  • Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»




    Download 2,6 Mb.
    bet1/8
    Sana25.03.2017
    Hajmi2,6 Mb.
    #2203
      1   2   3   4   5   6   7   8

    TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
    DAVOLASH FAKULTETI

    FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI

    «TASDIQLAYMAN»

    Ukuv ishlari buyicha prorektor

    professor Teshaev O.R.

    Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.


    _______________________

    «25» avgust 2015 у.


    Ma'ruza mavzusi:

    ICHAK OQMALARI

    Davolash fakultetining 4 kurs talabalari uchun



    Toshkent - 2014
    TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
    DAVOLASH FAKULTETI

    FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI

    «TASDIQLAYMAN»

    Davolash fakulteti dekani

    professor Zufarov P.S.


    _______________________

    «25» avgust 2015 у.



    Ma'ruza mavzusi:

    ICHAK OQMALARI

    Davolash fakultetining 4 kurs talabalari uchun

    UMK xirurgik seksiya majlisida

    kurib chikildi va tasdiklandi

    protokol № 1

    «25» avgust 2015 у.


    Toshkent - 2015

    Ichak oqmalari

    O‘QITISh TEXNOLOGIYASI

    Talabalar soni 60-120

    Davomiyligi – 90 minut

    O‘quv mashg‘uloti shakli

    Ma'ruza – vizuallashtirish

    Ma'ruza rejasi

    1. Ichak oqmalari tasnifi

    2. Labsimon oqmalarga ta'rif berib ularni klinik kechishi

    3. Naysimon oqmalarga ta'rif berib ularni klinik kechishi

    4. Oqmalarni davolash usullari

    5. Oqmalarni oldini olish

    O‘quv mashg‘uloti maqsadi: talabalarni ichak oqmalari bilan tanishtirib, ularning etiologiyasi va patogenezi bilan tanishtirish. Ichak oqmalari diagnostikasi, simptomatikasi va bajariladigan operatsiya usullari bilan tanishtirish. Ma'ruza davomida talabalarda Ichak oqmalari bilan bemorlar bilan muloqat qilish, to‘g‘ri diagnostika usullarini bajarish, davolash usullari bilan tanishish, etika va insoniy xurmat, e'tiborni shakillashtirish talab etiladi.

    O‘qituvchining vazifalari:

    1. Talabalarni ichak oqmalari bilan tanishtirish.

    2. Talabalarga ichak oqmalari etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, diagnostikasi va differensial diagnostikasi bilan tanishtirish.

    3. Talabalarga ichak oqmalari operatsiya turini tanlashni o‘rgatish

    O‘quv faoliyatining natijalari:

    Talaba uzlashtirish kerak:



    1. Ichak oqmalari etiologiyasi va patogenezi diagnostikasi, simptomatikasi,

    2. birinchi yerdam kursatish va davolash,

    3. bajariladigan operatsiya usullarini mukammal urganish

    O‘qitish usullari va texnikasi

    Ma'ruza – vizuallashtirilgan, texnika: blits-so‘rov, yo‘naltirilgan savollar, “ha-yo‘q” texnikasi

    O‘qitish vositalari

    Kompyuter proektori, vizual materiallari, axborot ta'minoti

    O‘qitish shakllari

    Kollektiv

    O‘qitish sharoitlari

    Texnik o‘qitish vositalari bilan ishlashga moslashtirilgan auditoriya


    MA'RUZA TEXNOLOGIK XARITASI


    Muddat, bosqichlar

    Faoliyat

    o‘qituvchining

    talabaning

    1bosqich

    Kirish


    (5 min)

    1. Maruza mavzuining nomi, maqsadi, rejalashtirilgan natijalari va o‘tkazish rejasi ma'lum qilinadi

    1. Eshitadi.

    2 bosqich

    Bilimlarning dolzarbligi

    (20 min)


    2.1. Talabalarni jonlantirish uchun yo‘naltirilgan savollar beriladi:

    1. Ichak oqmalari bo‘yicha tushincha berish



    2.1. Savollarga javob beradi.

    2.2. 1-slayd mazmunini o‘rganadi.

    2.3. 2-slayd mazmunini o‘rganadi.


    3 bosqich

    Axborot berish (55 min)



    3.1. Rejadagi masalalar bo‘yicha vizual materiallar va yo‘naltirilgan savollarni qo‘llagan holda ma'ruza materialini birin ketin bayon qiladi:

    Ichak oqmalari etiologiyasi va patogenezi

    Ichak oqmalari klassifikatsiya

    Ichak oqmalari klinikasi va diagnostikasi

    Ichak oqmalari davolash

    Mavzuning asosiy joylariga e'tibor berishni va yozib olishni tavsiya etadi.



    3.1. Berilgan materialning mazmunini muhokama qiladilar, oydinlashtiradilar va savollar beradilar.
    Asosiylarini yozib oladilar.

    4 bosqich

    Yakuniy


    (10 min)

    4.1. Savol beradi:

    Ichak oqmalarida UASh taktikasi.

    4.2. Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriq beradi: Noma'lum etiologiyali keratitlar


    4.1. Savollarga javob beradi.
    4.2. Eshitadilar, yozib oladilar.



    Ma'ruzani kiskacha asoslab berish: Ichak okmalari turli xil korin a'zolari kasalliklarining va jaroxatlarining natijasida yuzaga keladi. Aksariyat tashki okmalar uchrab, bunda ichak suyukligi tashkariga yoki abssess bushligiga ochiladi. Bunda ichak passaji tulik yoki kisman buzilgan buladi. Ichak suyukligini yukotish kulami ichak okmasining kattaligi, ichak traktining kaysi darajasida joylashganligi, va bemorning ovkatlanish tartibiga boglik dir. Kanchalik okma ichak traktida yukori joylashsa, shunchalik ichak suyukligini, shuning Bilan birga, suv, elektrolitlar, oksil, fermentlar yukotilishi yuksak darajada buladi.
    Ma'ruza maksadi: talabalarni ichak oqmalari etiopatogenezi, klinik kechimi va asoratlari, diagnostikasi va davolash usullari bilan tanishtirish.

    Ma'ruzaning tarbiyaviy maksadi: ichak oqmalari bialn tanishtirib, bunday bemorlar bilan muloqat qilishni o‘rgatish, uning oldini olish hamda davolash bo‘yicha talabalarning bor bilimlari diapazonini kengaytirish, talabalarni amaliy mashg‘ulotlarga tayerlashdan iborat.

    Ma'ruzada kuriladigan masalalar: ichak oqmalari buyicha tushuntirish berish, uning etiopatogenezi, ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yoritish, diagnostika va zamonaviy davolash usullarini yoritish

    Ma'ruzada kurilapigan masalalar va ularga ajratila­digan vakt:

    1. Ichak okmalari bo‘yicha tushincha berish – 10 min.

    2. Ichak oqmalari etiologiyasi va patogenezi – 20 min

    3. Ichak oqmalari klassifikatsiya – 20 min

    4. Ichak oqmalari klinikasi va diagnostikasi – 20 min

    5. Ichak oqmalari davolash – 20 min

    Mavzuni kanchalik uzlashtirganligini bilish uchun auditoriyaga beriladigan savollar:

    1. Ichak okmalari deb nimaga aytiladi

    2. Ichak oqmalari tasnifi

    3. Labsimon oqmalarga ta'rif berib ularni klinik kechishi

    4. Naysimon oqmalarga ta'rif berib ularni klinik kechishi

    5. Oqmalarni davolash usullari

    6. Oqmalarni oldini olish


    Ichak oqmalari etiologiyasi va epidemiologiyasi

    Ichak okmalari deb, ichak devorida tashki muxit bilan yoki boshka kovak organlar bilan tutashadigan ozod korin bushligidan ajralgan teshiklarga aytiladi.

    Ichak okmalari turli xil korin a'zolari kasalliklarining va jaroxatlarining natijasida yuzaga keladi. Aksariyat tashki okmalar uchrab, bunda ichak suyukligi tashkariga yoki abssess bushligiga ochiladi. Bunda ichak passaji tulik yoki kisman buzilgan buladi. Ichak suyukligini yukotish kulami ichak okmasining kattaligi, ichak traktining kaysi darajasida joylashganligi, va bemorning ovkatlanish tartibiga boglik dir. Kanchalik okma ichak traktida yukori joylashsa, shunchalik ichak suyukligini, shuning Bilan birga, suv, elektrolitlar, oksil, fermentlar yukotilishi yuksak darajada buladi.

    Etiologiya, patogenezi va tuzilishi. Ichak okmalarining kelib chikish sabablari turlicha. Etiologik kurinishiga karab ichak okmalari kuyidagicha tasniflanadi:

    Okmalar tugma (usib yetilmagan ut yuli), orttirilgan (travmatik, yalliglanishga alokador va degenerativ, davolashga taallukli, usmalarda, ichak okmalarida va b.), yatrogen buladi. Tugri ichakning anal yoki ampulyar kismi rivojlanishining buzilishi ichak-kin, ichak-siydik kopi, xattoki ichak-moyak okmalari yuzaga keladi.

    Ingichka ichak okmalari orasida aloxida guruxni klassik tarzda amalga oshirilgan «ilib kuyiladigan» enterostomiyadan keyin xosil buladigan okmalar tashkil kiladi. Bu rezinali naycha yordamida ichak korin old devori parietal korin pardasiga yopishtirib kuyish maksadida bajarilgan amaliyotlardan sung kelib chikadi. Naycha amaliyotning 8-10 kunlari olib tashlanadi. Ammo, okma yopilib bitib ketish urniga, ochik xolda koladi, ba'zida esa, yopishgan ichak kovuzlogi, xatto korin bushliga tushib ketadi. Natijada endi ichak suyukligi nafakat tashki muxitga, balki korin bushliga tarkaladi. Ochik kolgan okmalar butunlay bitmay ayrim xollarda juda kup suyulik yukotish Bilan kechib, xatto ulimga xam olib keladi.

    Uz-uzicha ichak okmalariga sabab buladigan kasalliklarga kuyidagilar kiradi:

    a) yomon sifatli usmalar (ichak devorining usma parchalanishi okibatida teshilishi); b) korin a'zolari utki ryoki surunkali yalliglanish kasalliklari (appendikulyar infiltrat, aktinomikoz, korin tifi, ichak tuberkulezi, yarali kolit, yugon ichak divertikuliti, terminal ileit va b.); v) ichak devorida kon aylanishining buzilishi natijasida destruktiv uzgarishlar kelibchikishi (kisilgan churra, ichak tutkichi tomirlarining zararlanishi yoki buzilishi va b.). ichak okmasi yuzaga keladigan ichak devorining ayni kismida okma xosil bulishi uchun Yana shu soxaning korin bushligidan ajralib turishi xam talab etiladi. Keyinchalik ichak suyukligi uziga yul topib tashkariga yorib chikadi.

    Amaliyotdan keyingi churralar korin bushligida bajarilgan barcha kasallikladan keyin xam xosil bulishi mumkin.

    Ichak okmasi kelib chikishida eng kup uchraydigan sabablar toifasi ikkiga: birinchisi – operatsiya davrida korinda kandaydir yiringli yalliglanish jarayonining bulishi; ikkinchisi – operatsiya vaktida va operatsiyadan keyingi davrda xirurg tomonidan yul kuyiladitgan taktik yoki texnik xatolar.

    Ichak okmalarining asosiy sabablaridan biri korin bushligidagi yiringli-yalliglanishli jarayonning zurayishi bulib, bemor Ayni kasallik sababli operatsiya kilingan buladi. Ichak okmalari ichak usmalarining parchalanishi natijasida xosil bulgan abssses bushliklarini ochgandan keyin yoki appendektomiyadan keyin kelib chikkan kurichak gumbazi nekrozi okibatida xam rivojlanishi mumkin.

    Kanday bulmasin ichak okmalarini kelib chikishiga aynan nima sabab bulishini anik aytish mushkul. Shunga karamay kasallik kelib chikishida kupincha anemiya,intoksikatsiya, ozib ketish xaroxlik kiladi.

    Korin bushligidagi destruktiv jarayonlar sababli utkaziladigan operatsiyalar umumiy ogriksizlantirishni va korin old devori mushaklarining yaxshi relaksatsiyasini talab kiladi. Shuning uchun destruktiv appenditsitlarni xam narkoz yordamida operatsiya kilish maksadga muvofikdir. Bunday operatsiya uchun kesma yetarli darajada bulishi zarur. Kichik yoki notugri tanlangan kesma operatsiyani texnik kiyinchiliklar Bilan utishiga, korin bushligini yetarli reviziya kilishga tuskinlik kilishiga olib keladi. Yalliglanagan tukimalarni extiyotlab ushlash zarur buladi. Chuvalchangsimon usmani ajratayotganda ichak devorini zararlab kuyishdan extiyot bulish kerak. Deserozlangan joylarni albatta peritonizatsiya kilish tavsiya etiladi. Amaliyot patologiya kulamiga karab tulakonli bajarilishi zarur. Ichak tukimasining xayotga loyikligini aniklashda barcha shubxali uchoklar olib tashlanishi lozim, ichaklararo anastamoz fakatgina sog tukimalarni birlashtirib amalga oshirilishi kerak. Amaliyot vaktida korin bushligini yetarli darajada sanatsiya kilinishi, operatsiyadan keyingi davrda uning adekvat drenajlanishi juda muximdir. Amaliyotdan keyingi jaroxatni batamom tikib ketish, yalliglanish jarayoni mavjud bulgan kasalliklarda ba'zan jaroxatning yiringlashi va ichak okmasining xosil bulishini esda tutish lozim. Operatsiya vaktida tukimalarni keragidan ortik travmatizatsiyasi, anastomoz soxasida ichak oxirlarining keskin tikib chikish, sero-seroz choklarda ichak devorini chukurrok olish kupol texnik xatolardan xisoblanadi.


    Ichak okmalari klassifikatsiyasi:

    1. Tutashish xarakteri buyicha:

    tashki va ichki.

    2. Paydo bulish vakti buyicha:

    tugma va orttirilgan.

    3. Etiologiyasi buyicha:

    travmatik, yalliglanishga aloka­dor va degenerativ, davolash maksadida kuyilgan.

    4. Funksiyasi buyicha:

    tulik va notulik.

    5. Xarakteri buyicha:

    naysimon va nayli.

    6. Joylashish satxi buyicha:

    baland va past.

    7. Kechishi buyicha:

    asoratlangan va asoratlanmagan.

    Tulik okmada ichakdagi xamma moddalar tashkariga okib chikadi, notulik xilida — tashkariga kisman, kisman olib ketadigan kovuzlokka okib chikadi. Agar ichak teriga yopishgan bulib, uning shillik pardasi teri bilan kushilib ketgan bulsa, bunday okmalar labsimon, bordi-yu, ichak bilan teri urtasida yul bulsa, bu nayli okmalardir.

    Och ichak okmalari baland, yonbosh ichakniki — past okmalar deyiladi.

    Ichak okmalaridagi asosiy patofiziologik jixat shundan iboratki, modda almashinuvining xamma turlari izdan chikadi, bunda okma kanchalik baland bulsa, ular shunchalik yakkol namoyon buladi. Suyuklik tuplanishi, abssesslar asoratlangan okmalardan dalolat beradi.



    Klinikasi va diagnostikasi: ingichka ichakning tashki okmalari ichakdan suyuklikning tashkariga okib chikishi bilan namoyon buladi. Ajralib chikadigan suyuklik mikdori okma xarakteri va funksiyasiga boglik, — suyuklik oz-ozdan to bemorning tinka madorini kuritadigan mikdorgacha bulishi mumkin.

    Okmaning joylashuvi, xarakterini rentgenologik tekshirish (bariy sulfat eritmasini ichirish) yoki okma yuli orkali suvda eriydigan kontrast modda yuborib (fistulografiya) diagnostika kilinadi.

    Ichak okmalarini vujudga keltiradigan eng kup uchraydigan etiologik omil mikrob omilidir (infeksion ichak okmalari); kimyoviy va fizik omillar ichak okmalarilar rivojlanishida kam rol uynaydi (aseptik).

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.

    Keyinchalik infeksiya kushilganuda aseptik ichak okmalari infeksionga aylanadi (yiringli). Birok ayrim xollarda ichak okmalarining birlamchi sababini xatto autopsiyadan keyin xam aniklashga muvaffak bulinmaydi. Bunday ichak okmalari kriptogen ichak okmalari deyiladi. Ichak okmalari paydo bklishining asosiy sababi korin buligigsha patogen mikroflora tushishi xisoblanadi, birok korin bushligida mikroflora borligi ichak okmalari paydo bulishini belgilarb bermasligini tugrisida kupgina dallilar topilgan.

    Ichak okmalarini keltirib chikaradigan etiologik omillarning turli – tumanligi (korin bushligi a'zolarining utkir destruktiv yalliglanishi), kuzgatuvchi turlarining kupligi, shuningdek klinik belgilarning kupligi bu kasallikning polietiologiyali ekanligini kursatadi.

    Katexolaminlar, gistamin, kortikosteriodlar endotoksinlar ta'siri ostida ajralib, parenximatoz a'zolarni ogir zararlantiradi, chukur gemodinamik buzulishlar, oksil, suv – tuz almashinuvi va kislota – ishkor muvozanatining (gipoproteinemiya, gipovolemiya, gipoalbuminemiya, gipokaliemiya, giponatriemiya, gipokalsiemiya va metabolik atsidoz) jiddiy buzulishlarni keltirib chikaradi.

    Shunday kilib, kompleks sodir buladigan bir kator patologik uzgarishlar va yalliglanish jarayoni orta borgan sayin ularga kushiladigan kushimcha ta'sirlovchi omillar xam butun bir organizmda, xam xazm sistemasining funksional aktiv satx buzuk xalka xosil bulishiga olib keladi.

    Gemodinamika buzilishlari ichak okmalari klinikasida muxim urin tutda, buning ustiga yurak-tomir va nafas buzilishlari korin pardasining tarkarlgan yalliglanishida letal okibatlarining asosiy sabai xisoblanadi. Gemodinamikaning buzilishalari endotoksinning miokardga bevosita ta'siri natijasi sifatida karatiladi, nafas yetishmovchiligi esa asosan toksinning upka tomirlar turiga bevosita ta'siri bilan boglanadi. Chunki gemodinamika buzilishda upka komponenti birlamchi xisoblanadi.

    Kasallik avj olgan sayin yurak-tomirlar sistemasi funksional zagiralarining uzguzidan kamayib ketishi yuz beradi, buning natijasida yurakdan kon otilishi kursatgichlari yomonlashadi, yurakning minutli va zarbali xajmining parallel xolda pasayishi, kon okimi umumiy tezligi urtacha pasayadi va sirkulyasiyaning samaradorlik koeffitsienti pasayadi.

    Ogir yiringlanadigan kasalliklar modda almashinuvi jarayonlarining keskin aktivlashishi va ularning katabolik reaksiyalar tomoniga siljishi bilan utib, organizmning odatdan tashkari energetik extiyojlariga saba buladi. Tana xaroratining 1°S ga kutarilishi energetik sarflarning 15% gacha oshishiga olib keladi. Xatto normada korin ichi a'zolaridagi maxalliy modda almashinguvi normada organizmning umumiy modda almashinuvining kariyb 50% ni tashkil kilsa, yalliglanish jarayonida esa uning ortishi nazarda tutilsa, ogir ichak okmalarili bemorda energiyaga extiyoj sutkasiga kamida 3000-3500 kkal ni tashkil etishi mumkin.

    Oksilning kattagina mikdori parez bulgan ichak bushligiga diffuziya yuli bilan utib, bu yerda u patologik ferment parchalashiga uchraydi. Bunday parchalanish maxsulotlarini reabsorbsiya kilish imkoniyati bulsa kerak, birok organizmning ularni immun va plastik material sifatida utilizatsiya kilish goyat shubxalidir.

    Ichak okmalarida oksil almashinuvining sifat jixatidan buzilishlari xam ruy beradi. Avvalo mutlok xarakterga ega bulgan gipoalbuminemiya uziga dikkatni tortadi, chunki u plazma proteini mikdorining umumiy pasayishi fonida kuzatiladi. Albumin darajasining ayniksa keskin pasayishi tarkarlgan ichak okmalarida kuzatiladi, bunda uning pasayishiga moyilligi kuzatuvning 10 kunigacha orta boradi.

    Globulin fraksiyasi mikdorining uzgarimshlari fakat bir tomonlama emas, umuman plazma globulin komponentining mikdori umumiy usishiga goyat urtacha tendensiyaga ega. Bu tendensiya magalliy ichak okmalarida birmuncha yakkol va tarkalgan ichak okmalarida kamrok ifodalangan.

    Natriy almashinuvi (Na ) teskari tendensiya, ya'ni bu kationning organizmda tutilib kolishiga kuchli moyillik bilan xarakteralanadi. Bu uning xujayra elemntlarida oshishi buyicha xamda urtacha giponatriemiya paydo bulishi va natriyning siydik bilan ekskretsiyasi pasayishi buyicha seziladi.

    Natriy (arab, natrun, yun. nitron - tabiiy soda; lot. natrium), Na - Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkr-riy metall. Tartib rakami 11, atom massasi 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor.

    Natriyning bunday tutilishini burak usti bezlari mineralkortikoid funksiyasining kuchayishi, xususan jadal aldosteron ishlanishi bilan izoxlanadi.

    Biologik muxitlarda osmotik muvozanatni saklab turishda natriy kationi yetakchi rol uynashini nazarda tutib, aldosteron ishlanishi kuchayishini organizmning keskin buzilgan sharoitlarida uziga xos ximoya reaksiyasi ekanligini tan olmok lozim. Ekssudatda, me'da va ichak suyukligida natriy mikdorining nisbatan yukori emasligi xam buning tasdigi bulib xizmat kiladi.

    Ichak okmalarida organizmning kislota-ishkor xolati (KIX) buzilishlari kup yillar mobaynida klinitsistlarning dikkat markazida turgan. Ba'zi bir mualliflar (V.Ya. Shlapobarskiy, 1958; P.L. Selsovskiy, 1963) ichak okmalari, ayniksatarkalgan ichak okmalari sharoitlarida xamisha yakkol atsidoz paydo buladi deb xisoblashgan. Birok, Astrupning anik mikroelektrolit ekspress metodi paydo bulishi bilan ichak okmalarida bu tendensiyaning xammavakt xam doimiy emsligi kayd etilgan. Buning ustiga ichak okmalarida aksariyat yavvol alkaloz kuzatiladi va KIX kursatgichlari bunday sharoitlarda tez uzgarishi mumkin.

    Ichak okmalarili bemorlarni tekshirish muntazam xar tomonlama bulishi va kasallik anamnezi, shikoyatlar, kurik, paypaslash, auskultatsiya va perkussiya natijalarini urganishni uz ichiga olishi, klinik-bioximiyaviy tekshirishlar kilinishi zarur.

    Kasallik anamnezini sinchiklab urganish tugri tashxis kuyish, uz vaktda va asaslangan davolshda birinchi darajali axamiyatga ega. Anamnezga avvalo kasallikning asosiy simptomlari tugrisidagi anik ma'lumotlarni, bemor xirurgik bulimga yotkizilguncha kadar kullanilgan davo tadbirlarni kritish lozim.

    Korin bushligi a'zolarining utkir xirurgik kasalliklarining asosiy belgilaridan biri ogrik, uning joylashuvi, kuchi, xarakteri xisoblanadi. Bemor umumiy xolatining yomonlashuvi bilan utadigan korinda kattik ogrik paydo bulishi korin bushligidagi ogir taxdid darak beradigan daxshatli simptomlardan bir xisoblanadi. Ichak okmalari diagnostikasida kusish, uning necha martaligi, kusuk massalarining xarakteri muxim urin tutadi.

    Tilni tekshirish asosiy omillaridan biri (ichak okmalarida til “chutka” singari kuruk) sanaladi, bu suyuklikning depolanishi va degidratatsiya rivojlanayotganiga boglik bglishi extimol. Ichak okmalari diagnosikasida korinni tekshirish muxim axamiyatga ega.

    Korinni kuzdan kechirishda uning shakoiga (shishib chikkan yoki ichiga botgan), nafas aktida katnashishi, teri koplamlarining ranggiga axamiyat beriladi. Koirn devori xarakatlanishining asosiy yalliglanish zchogi proeksiyasi zonasidan kuprok chegaranganligi kayd kilinadi.

    Kon analizida yukori leykotsitoz, sungra u pasayadi va organizmning ximoya kuchlari kolmaganda leykopeniya bilan almashinishi mumkin. Suv-elektrolit muvozanati, kislota-ishkor xolati buzilishlari eng yukori darajalargacha chikadi. Elektrokardiogrammada miokardning toksik shikastlanishga va elektoril buzilishlari (gipokaliemiya) ga xos belgilar paydo buladi. Koagulogrammani tekshirishda disseminatsiyalangan tomir ichida ivish sindromi (DVS-sindromi) belgilari aniklanadi, bu mikrotsirkulyasiyani buzadi, kasallik kechishini ogirlashtiradi. Bu noxush omillarining barchasi xayotiy muxim a'zolar va sistemalar funksiyasining dekompensatsiyasiga olib keladi, yurak-tomirlar, upka va jigar-buyrak yetishmovchiligini rivojlantiradi.

    Taxminan 85% xollarda korin bushligining birorta a'zosidagi patomorfologshik uzgarishlar simptomatika bilan parallel rivojlanadi va tashxis kuyishda. Birok utkir xirurgik kasalliklarning taxminan15% xollarda maxalliy belgilar noanik xarakterda buladi, ba'zan umumiy simptomlar xam shunday noanik bulishi mumkin. Bunday xollarda ogrik xurujiga xarakteriga aloxida etibor berish kerak. Ichak okmalarining differensial diagnozi, odatda, jiddiy kiyinchiliklar tugdirmaydi, birok xuddi shu boskichlarda ichak okmalarini davolash kupincha kam foydali buladi. Ichak okmalarining boshlangich fazasida aniklash oson buladi, chunki uning klinik belgilari ichak okmalari manbai bulgan kasallik simptomlaridan fark kiladi.

    Ichak okmalari uchun xos kator simptomlarni aniklash mumkin. Ayni vaktda pankreatitda tuxtamaydigan kusish fonida korin old devori mushaklari taranglashuvi bulmaydi, yoki ifodalanmagan. Korin pardasining ta'sirlanish belgialari yuk, kasallik boshlanishida xarorat normalligicha koladi. Kon va siydik taxlilida diastaza fermenti mikdorini oshganligi aniklanadi.

    Klinik jixatdan ichak okmalaridan fakat boshlangich davrlarida fark kiladi, keyinchalik adekvat davo bulmaganda ichak perforatsiyasi rivojlanadi va ichak tutilishi belgilariga ichak okmalari xam kushiladi. Agar ichak tutilishi boshlanishida ogriklar kuchli (xurujsimon) xarakterda bulsa, ichak okmalari uchun doimiy ogriklar xos buladi. Ichak tutilib kolganda peristaltika avvaliga keskin kuchaygan, ba'zan kuzga ilgab oladigan peristaltika aniklanadi. Ichak okmalarida shuningdek rentgen usulida ichak tutilishiga xos belgi - Kloyber kosachalarini aniklash mumin.

    Ung kovurgalar ostida ung kurak, ung yelka ustiga irradiatsiya beradigan (utadiga) xurujsimon ogriklar, ut aralashib kelgan oz mikdorda meda suyukligini kusish xos. Ung kovurgalar ostida mushak taranglashuvi yakkol emas, korin pardasining tasirlanish simptomlari bulmaydi. Issik va spazmolitiklar kullanish jigar sanchigi xurujini tezda yukotadi.

    Davolash. Nayli okmalarda davolash aksariyat konservativ — yukori kaloriyali ovkatlanish, suv-elektrolit, oksil, yog va uglevod almashinuvlarini korreksiyalash, turli xil obturatorlar va pelotlar yaratish, okma atrofidagi teriga ishlov berish va tozalash, parenteral ovkatlantirish shular katoriga kiradi. Konservativ davolash bemorlarning 40—45 foizida, 6—8 xaftalik davolash kursida naf beradi. Bitmagan nayli okmalar va amalda xamma labsimon okmalar operatsiya kilib bekitiladi. Notulik, nayli va labsimon okmalarda korindan tashkarida bekitish, boshka turlarida korin ichida ichakni rezeksiya kilib berkitish kullaniladi.

    Agar ichak okmalari manbai olib tashlanishi mumkin bulgan a'zo (chuvalchangsimon usimta, ut kopchasi) va texnik sharoitlar shunday kilishga imkon bersa, infeksiya uchogini korin bushligidan radikal olib tashlash maksadga chuvofik. Kavak a'zo perforatsiyasida (me'da, ung ikki bormok ichak yarasi, yugon ichak divertikuli, me'da yoki yugon ichak rak usmasi) perforativ teshik kupincha tikib kuyiladi. Agar perforatsiya bulgan vaktdan 6 soatdan kup vakt utgan bulsa, korin bushligi mul bakterial zararlanishi mumkinligini kutish lozim. Oldingi korin devori laparotom jaroxatini tikishdan oldin korin bushligi orkali kovurgalar osti va yenbosh soxalardagi kontraperturalarni drenaj kilish asosiy shart xisoblanadi. Korin bushligini drenaj kilish usullari korin pardasining zararlanish darajasiga mutlako boglik. Chunonchi, maxalliy ichak okmalarida drenaj zarflangan soxaga, diffuz ichak okmalarida 2 yoki 3 drenaj nazorat va antibiotiklarni korin ichiga yuorish uchun kuyladi.

    Ichak okmalarining erta formalarini uz vaktida diagnostika kilish va mos ravishda xirurgik amaliet utkazish bu xatarli kasallikni davolashning garovi xisoblanadi.

    Bu urinda operatsiya aralashuvi uz ichiga kuyidagilarni kamrab olishi kerak:



      • korin bushligi a'zolarini reviziya kilish va ichak okmalari sababini bartaraf etish,

      • antibiotiklarga sezuvganlikni aniklash uchun ekspress-bakterioskopiya, bakteriologik analiz va mikroflorani undirish maksadida korin bushligidan ekssudat chikarish,

      • ekssudat evakuatsiyasi, korin bushliging antiseptik eritmalar bilan (5-8 l furatsilin, Ringer eritmasi, fiziologik eritma yoki rivanol) sanatsiyasi va lavaji,

      • ingichka ichak tutkichi chedizini novokainlash yoki ichak atoniyasini profilaktika kilish maksadida novokain eritmasini tomchilab yuborish uchun mikroirrigator urnatish,

    Ichak xazm kilish va surish funksiyasining tiklanganligiga test sinamasi natijalariga kura baxo berilgan. Uning moxiyati kuyidalicha: operatsiyadan keyingi ilk davrning ikkinchi sutkasidan boshlab bemorda 1 soat mobaynida ichak suyukligini nazoenteral zondining aspiratsion bushligi orkali aktiv aspiratsiya utkazildi. Shundan sung zondining kichik bushligi orkali 100 ml tuzli ovkat aralashmasi tomchilab (minutiga 60 tomchi) yuborildi. 30 minut ekspozitsiya yaratildi.

    Sungra darajalangan idishga aktiv aspiratsiya utkazildi va olingan aspirat sifat a mikdor jixatidan tekshirildi.



    Agar tekshirish natijalari (mikdor va sifat tarkibi) kiritilgan 55% suyuklikning aspiratsiya bulganligini kursatma, test sinamasi manfiy deb xisoblandi va zond DK va KL rejimida ishlashni davom ettirdi. Agar aspiratsiyalangan suyuklik 55% dan kamni tashki kilgan bulsa, test sinamasi nusbat deb xisoblandi va zond EZO rejimida ishladi.
    Adabiyotlar

    1. Asosiy:

    1. Karimov Sh.I. «Xirurgik kasalliklar» Toshkent 1991.

      Toshkent Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.



    2. Oripov U.A., Karimov Sh.I. «Korin bushligi a'zolari oshigich jarroxligi» Toshkent 1991.

    3. Littman I. «Operativnaya xirurgiya» Budapesht. 1981.

    4. V.S. Savelev «Rukovodstvo po neotlojnoy xirurgii organov bryushnoy polosti» Moskva.1986.

      Moskva Moskva (rus. Москва) - Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan.





    1. Kushimcha

    1. Vansyan «Kishechnыe sviщi» 1982.

    2. Abakumov M. N. i soavt. Osobennosti diagnostiki i xirurgicheskogo lecheniya povrejdeniy dvenadsatiperstnoy kishki.// Vestn. xirurg. im. I.I. Grekova, 1989, t. 142, № 2, s. 116-120.

    3. Aslanyan A. A. i soavt. Xirurgicheskoe lechenie otkrыtыx i zakrыtыx povrejdeniy dvenadsatiperstnoy kishki.// Xirurgiya, 2000, № 4, s. 84-87.

    4. Astashkina K. V. i soavt. Travma dvenadsatiperstnoy kishki u rebenka. // Xirurgiya, 2002., № 9, s. 18-19.

    5. Axundjanov B. A. i soavt. Analiz prichin kishechnыx sviщey posle appendektomii i rezultatы ix lecheniya. // Med. jurn. Uzbekistana, 1984, № 4, s. 33-35.

    6. Kuzin M.I. «Xirurgicheskie bolezni» 1995.

    7. Internetdagi adreslar:

    http://www.tma.uz

    http://medi.ru

    http://www.rmj.net

    http://www.consilium-medicum.com

    http://www.mediasphera.aha.ru

    Download 2,6 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»

    Download 2,6 Mb.