3.3 Ma’lumotlar bazasi va uni shakllantirish
“Oʻzbek xalq topishmoqlari” mobil ilovasini yaratishda ma’lumotlar
bazasidan foydanilgan. Bu ma’lumotlar bazasida ilovaga tegishli topishmoqlar va
ularning javoblari, hamda kategoriyalari haqida axborotlarni saqlaydi.
Bu jаrаyon har хil kоmpyuter muhitlаridа fаоliyat koʻrsаtuvchi ахbоrоt
tizimlаrini yarаtishdа qoʻllаnuvchi yagоnа stаndаrt til yarаtishni tаlаb qildi. Stаndаrt
til bir kоmаndаlаr toʻplаmini bilgаn fоydаlаnuvchilаrgа ulаrni shахsiy kompyuter
tаrmоq ishchi stаntsiyasi yoki xar qanday mobil qurilmada ishlаshlаridаn qаt’iy
nаzаr mа’lumоtni yarаtish, izlаsh vа uzаtishgа imkоn berаdi.
3.2-rasmda “Oʻzbek xalq topishmoqlari” mobil ilovasining sinf diagrammasi
berilgan.
3.2
- rasm. “Oʻzbek xalq topishmoqlari” mobil ilovasining sinf diagrammasi
Unda Asosiy sinf topishmoqlar, yoqtirilgan topishmoqlar, hamda sozlamalar
boʻlimidan iboratdir. Diagrammadan koʻrib turinibdiki, topishmoqlar daraja
kategoriyasi boʻyicha bogʻlangan. Ular oson, oʻrtacha, qiyin va barchasiga
boʻlingan. Shuningdek topishmoqlar jadvali quyidagi atributlarga ega: id, content,
degree, answer va isFavorite.
Ma’lumotlar ombori strukturasini toʻlaroq tushunib olish uchun bir misol
koʻramiz. Ma’lumotlar omborini tashkil qilish uchun quyidagicha jadval tuzib
olinadi. Yani bizni loyihamiz uchun zarur malumotlardan iborat bazani
shakillantirib olamiz.
“Oʻzbek xalq topishmoqlari” mobil ilovasini ma’lumotlar bazasida xozircha
100 ta topishmoqlar kiritilgan. Ular kategoriylar boʻyicha 40, 30, 30 ga ajratilgan.
3.4 Foydalanuvchi uchun qoʻllanma ishlab chiqish
“Oʻzbek xalq topishmoqlari” mobil ilovasi foydalanish uchun qulay qilib
tuzilgan. Chunki dasturdan Yoshi katta insonlar, ota-oanalar, tarbiyachilar yoki yosh
bolaga mas’ul har qanday inson foydalana olishi kerak. 3.3-rasmda “Oʻzbek xalq
topishmoqlari” mobil ilovasining asosiy oynasi koʻrsatilgan.
3.3 – rasm. “Oʻzbek xalq topishmoqlari” mobil ilovasining asosiy oynasi.
“Oʻzbek xalq topishmoqlari” mobil ilovasini asosiy oynasiga kirganda
topishmoqlar kategoriyalarga ajralgan holdagi yoki barchasi berilgan holdagi
holatlarini ajratib koʻrishimiz mumkin.
3.4-rasm orqali “Oʻzbek xalq topishmoqlari” mobil ilovasinidagi
topishmoqlar darajaga koʻra guruhlarga boʻlinganini koʻrish mumkin.
3.4 – rasm. Topishmoqlar darajalari
Yuqoridagi uchta boʻlimda topishmoqlar darajaga koʻra guruhlarga boʻlingan.
Har bir boʻlimga alohida kirib, darajaga mos topishmoqlarni topish mumkin.
3.5-rasmda “Oʻzbek xalq topishmoqlari” mobil ilovasini topishmoq
javoblarini koʻrish imkoniyati koʻrsatilgan.
3.5 – rasm. Topishmoq javobi
.
Har bir topishmoq yonida joylashgan strelkani bosib uning javobini koʻrish
mumkin.
3.6-rasmda yoqqan topishmoqlani bergilash imkoniyati koʻrsatilgan.
3.6 – rasm. Topishmoqlarni belgilash
Foydalanuvchi har bir kerakli deb bilgan topishmoqni maxsus belgi orqali
“Favorite” boʻlimiga saqlab quyishi mumkin.
3.7-rasmda yangi topishmoqlar qoʻshish imkoniyati koʻrsatilgan.
3.7 – rasm. Yangi topishmoq qoʻshish.
Dasturdagi ushbu boʻlim orqali foydalanuvchi yangi topishmoqlarni oʻzi
qoʻshishi ham mumkin boʻladi. Unda yangi topishmoq matni, javobi va qiyinlik
darajasi koʻrsatiladi. Shuningdek, topishmoqlarni oʻchirish va sozlash ishlarini
qilish mumkin.
III BOB boʻyicha xulosa.
Uchinchi bobda masalaning qoʻyilishi, mobil ilova tizim arxitekturasini ishlab
chiqish, ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchi uchun qoʻllanma ishlab chiqdim.
|