106
Elektron
pochtada ishlashni boshlash
Bu modulda siz quyidagilarni oʻrganasiz:
1
Elektron pochta xabarlarini yaratish va yuborish
2
Elektron pochta
xabarlariga javob yozish
3
Elektron pochta xabarlarini toʻplash va oʻqish
4
Email papkalaridan foydalanish
5
Xatlarni boshqa qabul qiluvchiga qayta jo‘natish yoki nusxasini yuborish
Bu modulda loyihangizni ishlab chiqish
uchun elektron pochta bilan
ishlash ko‘nikmasini rivojlantirasiz. Bu loyihada elektron pochta orqali
yoziladigan va yuboriladigan xabarlarni yozish uchun doʻstlaringiz
bilan birga
ishlaysiz.
Emaildagi “e”
harfi “elektron”
degan maʼnoni
bildiradi.
Bilasizmi?
Elektron
pochta birinchi
marta AQSh
universitetida
1960-yilda
ishlatilgan.
Bilasizmi?
Bundan tashqari quyidagilarni ham oʻrganasiz:
• bitta elektron xatni bir
nechta odamga qanday yuborish;
• elektron xatlarga qanday javob qaytarish;
• elektron xatlardagi matnni qanday formatlash (masalan,
shrift turi, o‘lchami va
rangini oʻzgartirish);
• elektron xatlarni papkalarga qanday joylash;
• elektron pochtadan foydalanishda qanday qilib xavfsizlikni saqlash.
6