68
Ustunli diagramma ustunlari rangini oʻzgartirish
1-mashg‘ulot
Diagrammaning ustunlari (yoki doira boʻlaklari) ranglarini oʻzgartirish imkoniyati
mavjud.
Ustun rangini uning ustiga ikki marta bosish orqali oʻzgartira olasiz (Bitta
bosishda grafik, ikki marta bosilganda esa ustun tanlanadi).
Ustunning har bir burchagida doiracha paydo boʻladi.
Ustunga sichqonchaning oʻng tugmasi bosilganda
ham format menyusi
ochiladi.
‘Fill’ – yordamida
fon rangi
oʻzgartiriladi.
‘Outline’ – yordamida
chegara rangi
oʻzgartiriladi.
Masala
69
3
Diagrammalar bilan
ishlashni boshlash
Bu amalni har bir ustunda qo‘llang.
Doiraviy diagrammaning bo‘laklari rangini o‘zgartirishda
ushbu usuldan
foydalaniladi. Boʻlakning rangini oʻzgartirish uchun unga ikki marta bosasiz.
Oʻq chiziq qiymatlarini oʻzgartirish
2-mashg‘ulot
Ba’zida quyida tasvirlangani kabi maʼlumotlar bir-biriga juda oʻxshash
diagrammaga duch kelishingiz hamda undagi maʼlumotlarni
yaxshi anglay
olmasligingiz mumkin.
Siz y-oʻqidagi qiymatlarni xohishga ko‘ra oʻzgartirishingiz mumkin.
Diagrammaning
y-oʻqini tanlang (Diagramma yon
qismida joylashgan vertikal
raqamlar nazarda tutilyapti). Sichqonchaning oʻng
tugmasini bosib, “Format
Axis” buyrug‘ini tanlang.