• Tasvirni qirqish Tasvirni import qilayotganda, tasvirning hammasi emas, faqat bir qismi kerakligini aniqlashingiz mumkin. Tasvirning bir qismini qirqib
  • Cover ict stb indd




    Download 8,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/148
    Sana20.12.2023
    Hajmi8,09 Mb.
    #125381
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   148
    Bog'liq
    6-sinf

    44
    Crop: tasvirning 
    bir qismini olib 
    tashlash.
    Kalit soʻz
    Masala
    Tasvirga matn qoʻshish
    Tasvirga matn qoʻshish uchun 
    Text
    buyrug‘idan foydalaniladi.
    Sichqoncha koʻrsatkichini sahifadagi matn qoʻshmoqchi boʻlgan joyga olib 
    boring va sichqonchaning chap tugmasini bosing.
    Atrofi nuqtali chiziqdan iborat shakl paydo boʻladi.
    Endi ushbu shaklga yozish mumkin va bu shaklda matn paydo boʻladi.
    1-mashg‘ulot
    “Bear.jpg” tasvirini import qiling. Tasvirning quyi qismiga quyidagi matnni 
    qoʻshing: ‘Ayrim ayiqlar butun qish bo‘yi uxlaydi!’
    Tasvirni qirqish
    Tasvirni import qilayotganda, tasvirning hammasi emas, faqat bir 
    qismi kerakligini aniqlashingiz mumkin. Tasvirning bir qismini 
    qirqib 
    olish orqali olib tashlash mumkin.
    Select uskunasi yordamida tasvirning kerakli qismini tanlang.


    45
    2
    Tasvirga qayta ishlov berish
    Olib tashlamoqchi 
    boʻlgan 
    qismni emas, 
    qoldirmoqchi 
    boʻlgan qismni 
    tanlash kerak.
    Maslahat
    Kerakli qismni tanlaganingizdan soʻng 
    Crop
    tugmasini bosish mumkin.
    Ushbu jarayonda tasvirning siz tanlamagan barcha qismlari olib tashlanadi va 
    siz tanlagan qismi qoladi.
    2-mashg‘ulot
    “Bear.jpg” tasvirini import qiling. Daraxtlarni tasvirdan kesib oling, shunda 
    faqat ayiq qoladi.


    46
    Yakuniy loyiha – Sizning sevimli kitobingiz qaysi?
    Siz sevimli kitobingizni afishada reklama qilish uchun foydalanish mumkin boʻlgan 
    tasvir yaratmoqchisiz. Ushbu jarayonda fayllarni import qilish, turli xil moʻyqalam 
    uskunalari, nusxalash va joylashtirish, aylantirish, burish hamda versiyalar nazorati 
    kabi oʻrgangan barcha koʻnikmalaringizdan foydalanishga harakat qiling. Bu siz 
    oʻrgangan koʻnikmalarni namoyish etish uchun berilgan imkoniyatdir!
    1-mashg‘ulot
    Tasvirning birinchi qoralamasini yarating.
    Yaratgan tasvir haqida ikkita doʻstingiz fikr-mulohazalarini soʻrang.
    Ulardan afishangiz uchun yaxshi deb hisoblangan ikkita ma’lumotni va siz 
    yaxshilay olishingiz mumkin bo‘lgan biror-bir narsa haqida fikr bildirishlarini 
    soʻrang.
    2-mashg‘ulot
    Tasvirning ikkinchi qoralamasini yarating.
    Xuddi shu doʻstlaringizdan qaysi bir fayl – birinchi qoralama yoki ikkinchi qoralama 
    yaxshiroq ekanini soʻrang.
    Oʻzingiz va doʻstlaringizga yoqqan qoralamani yakuniy qoralama sifatida saqlang.

    Download 8,09 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   148




    Download 8,09 Mb.
    Pdf ko'rish