215
8
Multimedia hujjatiga
qayta ishlov berish
Taqdimot yaratish nihoyatda qiziq boʻlishi mumkin. Koʻplab
multimedia
elementlarini qoʻshish uni qiziqarli boʻlishini ta’minlaydi. Biroq agar juda koʻp
qoʻshib
yuborilsa, bu auditoriyani chalgʻitadi.
Ehtiyot boʻlish lozim boʻlgan yagona narsa – taqdimot
yaratayotganda slaydga
juda koʻp kontent joylashtirib yubormaslik. Bu haddan tashqari koʻp matn, juda
koʻp
ranglardan foydalanish, koʻplab tasvirlar qoʻshish
yoki nihoyatda turli-tuman
shrift turlaridan foydalanish boʻlishi mumkin. Ular
auditoriyaga va taqdimot
maqsadiga mosligiga ishonch hosil qilib, bularning barchasini ehtiyotkorlik bilan
tanlash lozim.
Taqdimotingiz kerakli dizaynga ega ekaniga ishonch
hosil qilish uchun amal
qilishingiz mumkin boʻlgan yoʻriqnomalar mavjud. Bular quyidagilar: