• Dastur hamda yaratilayotgan fayl
  • Buyruqlar qatori
  • Kursor va tanlash nishoni.
  • Properties
  • Chizmachiligi pedagogik innovatsiyalar, professional




    Download 11,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/129
    Sana02.02.2024
    Hajmi11,26 Mb.
    #150515
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   129
    Bog'liq
    Qurilish chizmachiligi Kamilova Shamsiya Kamilovna

    Autodesk AutoCAD 2017 AutoCAD 2017 ni tanlang. 
    Yangi hujjatni ishga tushirish uchun Tezkor kirish paneli-Quick Access Toolbar 
    Yangi-New ni belgilang.
    Shablonni tanlash muloqot oynasida acadiso-ni tanlang va Ochish-Open ni 
    bosing.AutoCAD foydalanuvchining interfeysi komponentlari quyidagi rasmda 
    koʻrsatilgan: 
    AutoCAD interfeysi. AutoCAD dasturiy ta’minoti Windows operatsion tizimi qobigʻida 
    ishlashi uchun yaratilganligini hisobga olsak, u operatsion tizimga xos interfeys (“tashqi 
    koʻrinish”)ga ega. Agar siz Windows OT dagi boshqa dasturlar interfeysi bilan tanish 
    boʻlsangiz, oyna elementlari yoki buyruqlarni kiritish boʻyicha qiyinchiliklar yuzaga 
    kelmaydi. 
    Ushbu interfeysdagi asosiy elementlar quyidagilar: 
    Dastur hamda yaratilayotgan fayl (chizma) nomi (ekranning eng yuqori qismida 
    joylashgan); 
    Menyu qatori (buyruqlarni vazifasiga koʻra guruhlarga boʻlib aks ettirish); 
    Holat qatori (ekranning quyi qismida joylashgan); 
    Grafik oyna (chizmalar chizish uchun moʻljallangan maydon); 


    208 
    Buyruqlar qatori (klaviatura orqali bevosita buyruq kiritish uchun moʻljallangan); 
    Xochsimon kursor (sichqonchani grafik oynadagi harakatini koʻrsatuvchi oʻzaro 
    kesishgan ikki chiziq shaklidagi kursor); 
    Asboblar paneli. 
    Yuqorida aytib oʻtilgan asosiy elementlarga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz. Eng yuqori 
    qatorda Windows OT qobigʻiga xos tarzda ishlatilayotgan dastur hamda yaratilayotgan 
    fayl nomi joylashadi. Masalan, ishga tushirilgan dastur – AutoCAD, yaratilayotgan fayl 
    (chizma) – Drawing1.dwg. Fayl nomi dastur yuklanganda AutoCAD tomonidan 
    yaratiladi, keyinchalik foydalanuvchi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin. 
    Menyu qatori. AutoCAD bir necha yuzlab buyruqlar mavjud boʻlib, ularni 
    foydalanuvchi tomonidan oson topilishini ta’minlash uchun ish maqsadiga koʻra 
    guruhlarga ajratiladi. Masalan, Drawing (Chizish) menyusida chizma chizish uchun 
    moʻljallangan buyruqlar: chiziq, nur, aylana, yoy, ellips va h.k lar roʻyxati oʻrin olgan. 
    • Asboblar paneli. Umum maqsadni bajarish uchun moʻljallangan turli buyruqlarni tez 
    topish uchun ularni belgilar shaklidagi toʻplam holatiga keltirilgan. Belgining vazifasi 
    menyuda mavjud boʻlgan yoki foydalanuvchi tomonidan yaratilgan buyruqlarni oson va 
    zudlik bilan ishga tushirishdan iborat. Buyruq belgisi buyruq bajaradigan ishga mos 
    rasmcha bilan ifodalangan. 
    • Grafik maydon. Chizmalarni qurish jarayoni AutoCAD ning asosiy oynasida kechadi. 
    Grafik maydon cheksiz. Istalgan kattalikda ob’yektlarni 1:1 masshtabda chizish va uni 
    ekranda koʻrinishi qulay boʻlishi uchun kichraytirish – “zoom”lash mumkin. Lekin bu 
    yerda masshtab va tasvir koʻrinishi bir narsani aks ettirmaydi, ya’ni ekranda koʻrinishi 
    qulay boʻlishi uchun kichraytirilgan-“zoom”langan ob’yekt masshtabi oʻzgarmay qoladi. 
    Buyruqlar satri. AutoCAD dasturida buyruqlar menyu, asboblar paneli,buyruqlar 
    qatori va qisman sichqonchaning oʻng tugmasini bosilganda paydo boʻluvchi menyu 
    orqali berilishi mumkin. Buyruqlar qatorida tanlangan buyruqni boshqarish, parametrlar 
    va qiymatlar kiritiladi. Bajarilayotgan barcha buyruqlar avtomatik tarzda buyruqlarni 
    bajarilish bayonnomasiga qoʻshib boriladi. Shuningdek, AutoCAD 2017 buyruq 
    parametrlarini dinamik kiritish funksiyasi orqali ham kiritish mumkin. 
    • Holatlar satri. Holat qatorida kursorning koordinatasi va chizma chizish rejimi holati: 
    qadam (SNAP), toʻr (GRID), orto (ORTHO), bogʻlash (OSNAP) va h.k,lar aks etgan. U 
    yo bu rejimni yoqish yoki oʻchirish uchun sichqonchaning chap tugmasini mos rejim 
    ustiga bosish yoki F3F11 funksional tugmalarini bosish orqali amalga oshiriladi. 
    • Kursor va tanlash nishoni. Kursor chizmadagi nuqtani (asosan sichqoncha yordamida) 
    koʻrsatish uchun, tanlash nishoni – ob’yektlarni tahrirlash maqsadida tanlash uchun 
    moʻljallangan. Ekranda chizmani qulay harakatlantirish uchun sichqoncha 
    gʻildirakchasidan foydalanish maqsadga muvofiq: gʻildirakchani aylantirish orqali 
    “zoom”lashtirish va gʻildirakchani bosib turib sichqonchani harakatlantirish bilan 
    “panorama” – chizmani ixtiyoriy tomonga surish mumkin. 
    • Xossalar palitrasi. AutoCAD tomonidan qurilgan istalgan ob’yekt – chizmaning eng 
    kichik birligi uchun uni tavsiflovchi aniq toʻplamdagi xossalar mavjud: qavat, qalinlik, 
    rang, chiziq turi, shuningdek ob’yektning geometrik parametrlari, masalan, aylana 
    uzunligi, doira yuzasi va b. Ushbu xossalarni qulay ask ettirish va ularni oʻzgartirish 
    uchun “Xossalar” (Properties) palitrasi qoʻllaniladi.


    209 
    Holatlar satri (Status Bar) da Workspace SwitchingDrafting & Annotationni 
    bosing. 
    Holat satriga toʻrni oʻchirish uchun GRIDMODE belgisini bosing. 

    Download 11,26 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   129




    Download 11,26 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chizmachiligi pedagogik innovatsiyalar, professional

    Download 11,26 Mb.
    Pdf ko'rish