siga joylanadi va ustiga qoplagich oyna yopiladi.
Shundan keyin
mikroskopning kichik obyektivida kesmaning yupqa joyini topib,
mikroskopning katta obyektivida tekshiriladi.
U rug‘pallaning barg hujayrasi tirik
kraxmal donalari va may-
da aleyron donachalari bilan to ‘lgan b o ‘ladi. N o ‘xotning kraxmal
donachalari konsentrik tuzilishga ega bo‘lishi,
hosil qilish marka-
zining yoriqchadan iborat b o ‘lishi bilan kartoshka kraxmalidan
farq qiladi. Kraxmal va aleyron donachalarini
aniqlash va bir-biri-
dan ajratib olish uchun preparatga yod ta ’sir ettiriladi. Reaktivning
oson kirishi uchun qoplovchi oyna biroz ko ‘tariladi. Shunda mayda
donachalar sarg‘ish tillarang tusga kiradi, tirik kraxmal donachalari
esa odatdagidek ko‘karadi yoki qoramtir ko‘k rangga kiradi.
Oqsil-
ni o ‘rganish uchun kanakunjut urug‘idan foydalansa ham bo ‘ladi.
Nazorat savollari:
].
Hujayrada qanday oqsillar uchraydi?
2. Hujayradagi oqsilni o‘rganish uchun preparat qanday tayyorlanadi?
3. Yod ta’sirida oqsil qanday rangga kiradi?
Yadro va hujayraning bo‘Hnishi
0 ‘simliklar organizmida yangi hujayralar k o ‘payish va bo‘linish
y o ‘li bilan hosil bo ‘ladi. Bu hodisa, ayniqsa, o ‘simliklaming uchki
qismidagi hujayralarda ko ‘proq sodir bo‘lib turadi. Yadro va hu
jayra uch xil: amitoz, mitoz va meyoz yo ‘li bilan bo‘linadi.
Oddiy (amitoz) b o ‘linish. Bunda yadro asta-sekin cho‘zilib,
o ‘rtasidan ikkiga bo‘linadi (ikkita yadro hosil bo ‘ladi).
Shundan
keyin hujayraning bo ‘linishi yuz beradi. Masalan, bakteriya, ko ‘k-
yashil suvo‘tlari va qari hujayralarda uchrab turadi.