Ma’lumotlar va buyruqlar oqimi soniga asoslangan ushbu klassifikasiyalar tizimi
to’rtta asosiy turga ajratiladi (1-jadval, 1-rasm).
1-jadval. Flinn klassifikasiyasi.
Flinn klassifikasiyasining sxemasi keng tarqalgan bo’lib, u yoki bu hisoblash
tizimlarini dastlabki baholash uchun keng foydalaniladi. U bir vaqtda asosiy ish
qoidasini baholash imkonini ham beradi. Ushbu klassifikasiyalar bilan bir qatorda
boshqalari
ham mavjuddir, faqat ular kam qo’llaniladi.Har bir turdagi
arxitekturaning xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz.
SISD (Single Instruction stream/ Single Data stream) arxitekturasi
tizimlarining barchasi bir prosessorli va bir mashinali variantlarni qamrab oladi.
Barcha klassik strukturadagi EHM ushbu turga tegishli bo’ladi. Bu turda hisoblashni
parallellashtirish
ijrochi
qurilmalar
o’rtasida
mikrobuyruqlar
oqimini
konveyerlashtirish va parallellashtirish yo’li bilan ta’minlanadi (1,a-rasm). Bu turga
fon-neyman arxitekturalari kiradi, ularda faqat bitta ma’lumotlar oqimi bo’lib,
buyruqlarga ketma-ket ishlov beriladi va har bir buyruq bitta ma’lumot oqimi bilan
bitta amalni bajaradi.
SIMD (Single Instruction stream/Multiple Data stream) arxitekturasi vektorli
va matrisali ishlov berish strukturalarini yaratish uchun mo’ljallangan.
Ushbu
arxitekturadagi mashinalar vektor elementlari orqali bitta amalni bir vaqtning o’zida
bir nechta ma’lumotlar ustida bajaradi. Bunday turdagi tizimlar odatda bir xil
elementlar asosida quriladi, ya’ni tizimga kiruvchi prosessor elementlari bir xil
bo’ladi va ularning barchasi bir xil ketma-ketlikdagi buyruqlar bilan boshqariladi.
Bunda faqat har bir prosessor o’zining ma’lumotlar oqimiga ishlov beradi. Bunday
sxemali 11 masalalarga matrisali yoki vektorli (massivlar)
ishlov berish, chiziqli va
chiziqli bo’lmagan, algebraik va defferensial tenglamalarni yechish, maydon
nazariyasi va boshqa ko’plab masalalar kiradi (1,b-rasm).
1-rasm. Flinn klassifikasiyasi: а- SISD; б- MISD; в- SIMD; г- MIMD.
MISD (Multiple Instruction stream/ Single Data stream) arxitektura o’ziga
xos prosessorli konveyerni qurish uchun mo’ljallangan, ya’ni bunda ishlov berish
natijalari zanjir tarzda bir prosessordan boshqa prosessorga uzatiladi. Bunday
hisoblashga ixtiyoriy ishlab chiqarish konveyeri misol bo’la oladi.
Zamonaviy
elektron hisoblash mashinalarida bu qoida parallel ishlovchi tizimda turli xil
funksional bloklar tomonidan amallarni bajarish sxemasiga asoslangan. Bunda har
bir qism umumiy siklda o’zining vazifasini bajaradi. Bunday turdagi hisoblash
tizimlarida konveyerlar prosessorlar guruhini hosil qilishi kerak bo’ladi (1,v-rasm).
MIMD (Multiple Instruction stream/ Multiple Data stream) arxitekturasi
barcha prosessorlari tizimi xususiy ma’lumotlar oqimi bilan o’zining
dasturi
bo’yicha ishlashi uchun mo’ljallangan. Oddiy hollarda ular avtonom va mustaqil
bo’lishi mumkin, amalda yechiladigan masala hamma uchun bitta. Hisoblash
tizimlarida bunday sxemadan foydalanish katta ma’lumotlar oqimiga ishlov berish
markazlarining o’tkazuvchanlik xususiyatini oshirish uchun ko’pgina hisoblash
markazlarida qo’llaniladi (1,g-rasm). Bu tur bir muncha katta bo’lib, o’z
ichiga
multiprosessorli hisoblash tizimlarini ham oladi.