|
Buxoro muhandislik texnologiya instituti Mustaqil ish Bajardi: Tekshirdi
|
bet | 4/4 | Sana | 12.08.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #269382 |
Suyuq yoqilg’i
Suyuq yoqilgʻi. Suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish uchun asosiy manba neft hisoblanadi. Neft tarkibiga koʻra olinadigan yoqilgʻi zichligi 690 dan 1015 kg/m3 gacha oʻzgaradi. Neft qazib olish joylari tarkibining bir xil emasligidan uning kimyoviy tarkibi turlicha. Neftning asosiy elementlariga uglerod (83...87%) va vodorod (12...14%) kiradi. Bundan tashqari neft tarkibida kislorod (0,1...0,3%), oltingugurt (kam oltin- gugurtli neftlarda 0,01% dan va yuqori oltingugurtli neftlarda 5...7% gacha), azot (0,02...1,7) shuningdek kam miqdordagi boshqa elementlar kiradi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida quyidagi neft mahsulotlari foydalaniladi: benzinlar, kerosinlar, dizel yoqilgʻilari, mazutlar, roʻzgʻor isitish yoqilgʻilari.
Qattiq yoqilg’i
Qattiq yoqilgʻi. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida tabiiy qattiq yoqilgʻilar (qazib olinadigan koʻmirlar, torf, yonuvchi slanetslar, oʻtinlar, qishloq xoʻjaligi chiqindilari) kabi sun’iy (har xil briketlar, yogʻoch koʻmir, koks) lar ham ishlatiladi. Koʻp hollarda mahalliy tabiiy yoqilgʻilar – torf va oʻtin, Oʻrta Osiyo respublikalarida qishloq xoʻjaligi chiqindilari ishlatiladi.
|
| |