|
Buxoro davlat universiteti
|
bet | 14/58 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #15328 |
«Aqliy hujum» metodi faollashtirishning muhim usuli bo‘lib, unda g‘oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda o‘ziga tortadi. O‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib oladi, keyin esa o‘quv faolligi 5-10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida engillashtiriladi. Aqliy hujum turli tarzda masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun, yangi savol qo‘yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish uchun qo‘llaniladi.
Klaster (Tarmoqlar) metodi – ta’lim oluvchilarni biron bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam beradi va talabalarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi. Bu metod o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yangi mavzuni o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
|
| |