• Bo‘limli usul
  • ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI VA




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/212
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,63 Mb.
    #108543
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   212
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi-1

    6.9. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI VA
    MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH
    USULLARI
    Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini
    kalkulyatsiya qilish usuli deb u yoki bu mahsulot birligining tannarxini
    aniqlashda qo‘llaniladigan usullar tizimiga aytiladi.
    Kalkulyatsiya usulini qo‘llash quyidagi asosiy omillar bilan
    aniqlanadi.
    1. Ishlab chiqarish turi va murakkabligi.
    2. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi, xarakteri.
    3. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi.
    4. Ishlab chiqarish jarayonining uzun-qisqaligi.
    Ishlab chiqarish hisobining oxirgi bosqichi bu xarajatlarni mah-
    sulotning ayrim turlari bo‘yicha dasturlashtirish va mahsulot birligi
    tannarxini aniqlashdir. Kalkulyatsiya qilish 4 usuldan iborat bo‘lib, oddiy,
    bo‘limli, buyurtmali va normativ deb yuritiladi.
    Oddiy usul, oddiy ishlab chiqarishda, ya’ni ko‘mir, neft, gaz qazib
    chiqarishda, issiqlik va elektr quvvati ishlab chiqarishda, dehqonchilik,
    chorvachilik tarmoqlarida qo‘llaniladi. Bu usulda bitta mahsulotning
    o‘rtacha tannarxi hisobot oyidagi xarajatlar summasini xarajat moddalari
    bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlash yo‘li bilan aniq-
    lanadi.
    Bo‘limli usul – metallurgiya, to‘qimachilik, yengil sanoat, kimyo
    va boshqa sanoat korxonalarida qo‘llaniladi. Bu korxonalarda ishlab
    chiqarish bo‘limlar yoki bosqichlardan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan,
    to‘qimachilik sanoati, ip yigiruv, to‘quv va bo‘yash bo‘limlaridan tashkil
    topgan. Bo‘limli usulda tayyor mahsulotning tannarxi oxirgi bo‘limda
    aniqlanadi. Bo‘limli usulning muhim xususiyatlaridan biri shuki, unda
    har bir sexdagi ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishning har bir
    bo‘limli bosqichi bo‘yicha alohida hisobga olinib, bu xarajatlar hisobi
    mahsulotning ayrim turlari yoki guruhlari kalkulyatsiya moddalari
    bo‘yicha yuritiladi.

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   212




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish