66
d) boshqa mashina va asbob-uskunalar;
VI. Transport vositalari
VII. Instrumentlar
VIII. Ishlab chiqarish inventarlari va ashyolari
IX. Xo‘jalik inventarlari
X. Ish va mahsuldor hayvonlar
XI. Ko‘p yillik o‘simliklar
XII. Yer holatini yaxshilash bo‘yicha kapital sarflar (inshootlardan
tashqari)
XIII. Boshqa asosiy vositalar
Yer amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulki tarzida
berilgan yer maydonidir. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17-
moddasiga binoan, «Yuridik shaxslar Yer kodeksi va boshqa qonun
hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli
(vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer
uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin». Yerning qiymatiga uni xarid
qilishda ko‘chmas mulk agentliklariga to‘lanadigan komission to‘lovlar,
advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‘lovlari, drenaj
qiymati, yerni tozalash va boshqa xarajatlar qo‘shiladi.