• Haqiqiy xarajatlar
  • Buxgalteriya hisobi




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet154/212
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,63 Mb.
    #108543
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   212
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi-1

    Kassa xarajatlari – bu budjet tashkilotining talab qilib olgunga
    qadar depozit hisob-varag‘idan bank muassasasi tomonidan naqd pul va
    naqd pulsiz hisob-kitoblar yo‘li bilan to‘langan xarajatlardir. Budjet tashki-
    lotining kassasidan to‘langan summalar kassa xarajatlarga kirmaydi,
    chunki bu summalar budjet tashkilotining talab qilib olgunga qadar
    depozit hisob-varag‘idan olinganida ular kassa xarajatlariga qo‘shilgandir.
    Haqiqiy xarajatlar – budjet tashkilotini saqlashga budjet mab-
    lag‘lari hisobidan qilingan xarajatlardir, ya’ni budjet mablag‘lari hiso-
    bidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni tashkil qiluvchi summalar
    hamda hisoblangan yoki amalga oshirilgan, lekin hali to‘lanmagan xara-
    jatlardir.
    Budjet muassasalarida buxgalteriya hisobi budjet smeta xarajat-
    larining bajarilishiga bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlarni yoritishni
    ta’minlaydi, maxsus mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlar hisobini va hiso-
    botini jamlaydi. O‘z vaqtida to‘liq va aniq balansda yoritilgan ma’lu-
    motlar muassasa rahbarlariga aniq boshqaruv qarorlarini qabul qilish,
    muassasa ishini tahlil etish, mablag‘lar xarajatini tasdiqlangan smeta
    asosida maqsadga muvofiq sarflanishini nazorat qilishni amalga oshirish
    va qonunsiz sarflarni aniqlash imkoniyatini yaratadi.
    Bularni amalga oshirish uchun buxgalteriya hisobida:
    – budjet mablag‘lari xarajatlari va kreditlar hisobi;
    – maxsus va budjetdan tashqari mablag‘lar tushumi va xarajatlar
    hisobi;
    – pul mablag‘laridan, materiallardan, jihozlardan, oziq-ovqat
    mahsulotlardan, dori-darmonlardan va boshqa qiymatliklardan samarali
    foydalanish va saqlanish hisobi;
    – debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi yuritiladi.


    213
    Buxgalteriya hisobining eng asosiy vazifalaridan biri ish haqi
    fondining xarajat qilinish hisobini yuritish, uning ustidan nazorat
    o‘rnatish, shuningdek,balans va hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish, budjet
    muassasalarida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan buxgalteriya hisobi smeta
    xarajatlarini aniq tuzish va foydalanilmayotgan ichki resurslarni izlab
    topish imkoniyatini beradi.
    Smeta xarajatlarini bajarish bo‘yicha buxgalteriya hisobi memorial-
    order, jurnal-order va bosh jurnal shakllarida yuritilishi mumkin. EHM-
    dan foydalanish qo‘l mehnatini yengillashtirib, smeta xarajatlaridan
    foydalanishda axborotlar hisobini qayta ishlashni avtomatlashtirishning
    umumiy tizimini yaratish imkoniyatini beradi.
    Hisobot yili davomida mulkni baholash va xo‘jalik jarayonlarini
    yoritish bo‘yicha muassasada yagona hisob siyosati yuritilishi lozim.
    Hisobda daromad va xarajatlarni hisobot davri bo‘yicha to‘g‘ri eng asosiy
    jihat hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi smeta xarajatlari bajarilishini,
    debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar holatini, pul mablag‘lari va
    tovar-material qiymatliklar saqlanishini doimiy nazorat qilib borishi
    kerak.
    Muassasa rahbarlari buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish uchun
    zarur sharoitlarni yaratib berishlari, barcha bo‘lim va xizmatlarga,
    shuningdek, xodimlarga buxgalteriya uchun kerakli hujjatlarni topshi-
    rishda bosh hisobchi talablarini so‘zsiz bajarishlarini ta’minlashlari
    lozim.
    Budjet xarajatlari va daromadlari to‘g‘ri hisobini yagona budjet
    hisobi tizimida ta’minlash budjet tasnifi asosida bo‘ladi. Budjet tasnifi
    daromad va xarajatlarni bir turdagi belgilar bo‘yicha majburiy guruhlash
    belgilangan tartibda kodlashtirish uchun ilmiy asoslanishni ko‘zda tutadi.
    Budjet tasnifi tashkily va huquqiy ahamiyat kasb etadi. Tashkiliy
    ahamiyati shundan iboratki, u budjetning daromad va xarajatlarini bir
    tarzda hisobga olishni ta’minlaydi, budjetni bajarilishi haqida hisobotlar
    tuzadi, daromad va xarajatlarning har bir turi bo‘yicha tahlil o‘tkazadi
    va nazorat qiladi, budjet ko‘rsatkichlari va hisobotlarini mashinada qayta
    ishlashda kodlashtirishni amalga oshiradi.
    Budjetda ko‘zda tutilgan va muassasalar budjet tasnifida ko‘rsatilgan
    daromad va xarajat ko‘rsatkichlari moliyaviy reja hisoblanadi va bajarish
    uchun majburiydir.
    Tasnif daromad va xarajat kabi ikkita asosiy qismni o‘z ichiga
    oladi. Bu qismlar o‘z navbatida bo‘lim va paragraflar bo‘yicha guruh-
    lanadi.


    214
    Tasnifdagi moddalar yagona tartib raqamiga ega. Muassasa
    xarajatlarining moddalari uchun quyidagi raqamlar ro‘yxati ajratilgan:
    1-ish xaqi fondi.
    2-ijtimoiy sug‘urta.
    3-devonxona va ho‘jalik xarajatlari.
    4-safar xarajatlari.
    8-stipendiya.
    9-ovqatlanish xarajatlari.
    10-dori-darmon va bog‘lash vositalari sotib olish.
    12-asbob-uskunalar va jihozlar sotib olish.
    14-yumshoq jihozlar sotib olish.
    15-davlat sarmoya qo‘yilmalari.
    16-kapital ta’mirlash.
    18-boshqa xarajatlar.
    30-davlat dotatsiyasi.
    31-jarayonli xarajatlar.
    35-ssudalar bo‘yicha to‘lovlar.
    Xarajatlar smetasi asosiy reja va moliyaviy hujjatdir. Smetada
    ko‘rsatilgan summalar oxirgi chegara hisoblanadi va undan ortiq xarajat
    qilishga ruxsat berilmaydi. Agar iqtisod qilingan mablag‘ bo‘lmasa,
    smetada ko‘zda tutilmagan xarajatlarni amalga oshirish mumkin emas.
    ______ yil uchun ro‘yxatdan o‘tkazildi
    _____________________________ da
    _______ - son ro‘yxatdan o‘tkazish
    kartochkasi
    »_____» _____________20__ yildan.
    ________________________
    (imzo)
    ________________________
    (imzo)
    ______________________ ming so‘m
    (summa yozuv va raqam bilan)
    miqdorida tasdiqlangan,
    jumladan ish haqi
    _______________________ ming so‘m:
    (summa yozuv va raqam bilan)
    Budjet mablag‘larini bosh taqsimlovchi
    _____________________________
    (imzo)
    «_____» _____________20__ yil

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   212




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish