• Schyotlar aloqasi D K
  • KICHIK KORXONALARDA MATERIALLAR HISOBI




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet106/212
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,63 Mb.
    #108543
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   212
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi-1

    8.4. KICHIK KORXONALARDA MATERIALLAR HISOBI
    Kichik korxonalarda materiallar aktiv 10-schyotda hisobga olinadi.
    Moddiy boyliklarning sintetik hisobi haqiqiy tannarxda yuritiladi, ya’ni
    moddiy boyliklar sotib olish bahosi (ulgurji, chakana, shartnoma va
    transport-tayyorlov) xarajatlaridan tashkil topadi.
    1000-«Materiallar» schyoti boshqa schyotlar bilan quyidagicha
    aloqada bo‘ladi.
    Schyotlar aloqasi
    D
    K
    1
    Moddiy boyliklar mol yetkazib beruvchilardan keltirildi
    va schyoti akseptlandi
    0110
    6010
    2
    Keltirilgan materiallar uchun QQS hisobga olindi
    6010
    6410
    3
    Hisobdor shaxslar tomonidan materiallar sotib olindi va
    kirim qilindi
    1010
    4210
    4
    Moddiy boyliklar ishlab chiqarish uchun berildi
    2010
    1010
    5
    Moddiy boyliklar sotildi
    9220
    1010
    6
    Moddiy boyliklarni inventarizatsiyasi natijasida
    kamomad yoki sifati buzilganligi aniqlandi
    5910
    1010
    Kichik korxonalarda qabul qilingan va sarflangan materiallarning
    hisobi maxsus «Ro‘yxatga olish» vedomostlarida rasmiylashtiriladi.
    Materiallar xarajatlari to‘g‘risida ayrim korxonalarda har 10 kunda
    dalolatnoma tuziladi va uni korxona rahbari tasdiqlaydi va barcha kirim,
    chiqim jarayonlari bo‘yicha hujjatlar buxgalteriyaga topshiriladi.
    1000-schyotining hisobi 2-vedomostda 5-jurnal orderda yuritiladi.
    t/r
    Muomalalar mazmuni


    146
    8.5. KICHIK KORXONALARDA MEHNATGA HAQ
    TO‘LASH HISOBI
    Kichik korxonalarda ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qilish va
    bo‘shatish korxonalar Ustavidan kelib chiqqan shartlar asosida yuritiladi.
    Ishchi va xizmatchilar doimiy ishga mehnat shartnomasi bilan qabul
    qilinadi. Doimiy ishchi va xizmatchilarga kichik korxonalarning umumiy
    majlisida belgilangan oylik stavkalar yoki tarif setkasi bo‘yicha ijobiy
    rastsenka asosida ish haqi hisoblanadi.
    Ish haqi hisobining analitik hisobi sanoat korxonalaridagidek tabel,
    naryad, raport asosida hisoblashish vedomostlarida yoki har bir
    xodimning ochilgan shaxsiy kartochkalarida uncha katta bo‘lmagan
    korxonalarda yillik jurnallarda yuritiladi.
    Mehnatga haq to‘lash 6710-passiv schyotda hisobga olinadi.
    6710-schyoti boshqa schyotlar bilan quyidagicha aloqada bo‘ladi.

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   212




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish