|
Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
|
bet | 2/13 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 43,57 Kb. | | #145795 |
Bog'liq Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda ped-www.fayllar.org (1)1. Qo‘llanilish sohasi
Mazkur malaka talabi O‘zbekiston Respublikasida Kompyuter grafikasi va dizayn
operatori kasbi bo‘yicha kadrlar tayyorlashning zaruriy bilimlar mazmuni va kasbiy
kompetensiyasiga qo‘yiladigan talablarni va pirovard maqsadlarini, shuningdek ta’lim
oluvchilarning o‘quv yuklamalari hajmi va standart talablarini bajarilishi nazoratini
belgilaydi.
Malaka talabi ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifati va kasbiy
kompetensiyasini baholashda hamda ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazishda asosiy
mezon hisoblanadi. Mazkur talablarning bajarilishi professional ta’lim muassasalarining
bitiruvchilariga professional ta’limning tegishli darajasini olganligi to‘g‘risida davlat
namunasidagi hujjat berilishi uchun asos hisoblanadi.
Malaka talabi ta’limni boshqarish davlat organlari va ta’lim faoliyati sub’ektlari
tomonidan, idoraviy bo‘ysunuvi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tadbiq etilishi
majburiydir.
Ushbu malaka talabi Kompyuter grafikasi va dizayn operatori kasbining professioanl
standarti va tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalari asosida ishlab chiqildi.
2. Kasbiy ta’lim xususiyati
2.1. 3.52.01.03 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori kasbi doirasida
beriladigan kvalifikatsiyalar:
1. Kompyuter grafikasi va dizayn operatori
Umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan
guruhlarda 2 yillik.
Kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan
guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o‘qish muddati belgilanadi. Bu
guruhlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikatsiyalardan birortasini muvaffaqiyatli
o‘zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mehnat bozorida ishlash
huquqi beriladi. Egallanmagan kvalifikatsiyalarni qayta o‘zlashtirishga ruxsat beriladi va
mazkur kvalifikatsiyani muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga belgilangan tartibda sertifikat
beriladi.
|
| |