179
a) elektroliz qonunlarining ta’riflari bilan tanishtirish: Elektroliz qonunlarini
ingliz olimi M.Faradey kashf etgan.
Faradeyning 1-qonuni: Elektroliz davomida elektrodlarda ajralib chiqadigan
moddaning massasi elektrolit eritmasi orqali o‘tgan elektr tokining miqdoriga
to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
Faradeyning 2-qonuni: Agar turli xil elektrolitlar eritmalari orqali bir xil
miqdorda elektr toki o‘tkazilsa, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning
massasi, shu moddaning ekvivalent og‘irliklariga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
Faradeyning birinchi va ikkinchi qonunlari uchun quyidagi formula kelib chiqadi: