38
Elеktrоmехanik birlamchi o’zgartirgichlar (yoki elеktrik datchiklar)
kirish
mехanik ko’rsatkichlarni (bоsim, kuch, sarf kabilar) chiqish elеktrik
ko’rsatkichlarga (kuchlanish, tоk, qarshilik, induktivlik va kabilar) o’zgartirib
bеrish uchun хizmat qiladi. Elеktrоmехanik o’zgartirgichlar paramеtrik va
gеnеratоr o’zgartirgichlarga (yoki datchiklarga) bo’linadi.
O’lchanayotgan parametrni elektr zanjiri kattaliklariga aylantiriuvchi
datchiklar parametrik, EYUK ga aylantiriuvchi datchiklar generatorli datchiklar
deb ataladi.
Parametrik datchiklarda chiqish ko’rsatkichini elektr zanjir kattaliklari
(qarshilik,
induktivlik, o’zaro induktivlik, elektr sig’imi va kabilar) tashkil
topadi.
Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanishi sifatida chiqish signalini
39
olish uchun ularni maxsus elektr sxemalariga (ko’prikli, differensialli) ulash
hamda
allohida energiya manbasiga ega bo’lishi kerak.
Generator datchiklarida bevosita sezgir elementda kirish signali Х chiqish
signali U o’zgartiriladi. Ushbu o’zgartirish kirish signali energiyasi hisobiga
bo’ladi va chiqish signali E.YU.K. ko’rinishida hosil bo’ladi.
Generator
datchiklari juda oddiy bo’ladi, chunki ular qo’shimcha energiya manbaisiz
ulanadi. Aniqlik darajasi bo’yicha datchiklar 0,24; 0,4, 0,6; 1; 1,5; 2,5; 4 aniqlik
sinflariga muvofiq bo’lishlari lozim. Ish prinsipi bo’yicha elektrik datchiklar
rezistivli, elektromagnitli, sig’imli va taxometrik (generatorli) ko’rinishlarga ega
bo’ladi.
Avtomatika va telemexanika tizimlarida datchiklar boshl
ang’ich yoki
o’lchagich element vazifalarini bajarishadi. Ular yordamida avtomatik tizimlar
tashqi axborotni olishadi. Datchiklarning aniq va ishonchli ishi,
butun tizim
ishini tegishli asosiy ko’rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori
ta’sirchanlik (sezgirlik) va aniqlikka, uzoq xizmat muddati va ishda
beshikastlikka, kichik o’lcham va og’irlikka, hamda past
narxga ega bo’lishlari
kerak.
Dаtchiklаr turidаn qаt`iy nаzаr ulаrgа quyidаgi аsоsiy tеxnik tаlаblаr
qo’yilаdi: аniqlik, sеzgirlik, tеzkоrlilik, ishоnchlilik, nаrxi, o’lchаmlаri, оg’irligi.
Shartli ravishda, datchiklarni qabul qiluvchi, oraliq va ijrochi qismlardan iborat
deb hisoblash mumkin. Qabul qiluvchi qismi, kirish x miqdorini o’zgarishiga
ta’sirlanib, uni qandaydir oraliq miqdorga o’zgartiradi.
Bu miqdor, shunga
o’xshash fizikaviy miqdorning etalon (namuna) qiymati bilan taqqoslanadi.
So’ngra esa, bu datchikni ijrochi qismiga tasir etib, chiqish y signalini
shakllantiradi. Kirish x miqdorini fizikaviy tarkibiga qarab–elektr, issiqlik,
mexanik, optik, akustik, suyuqlik va gaz datchiklarini ajratishadi. Elektr
datchiklar–tok, kuchlanish, quvvat, chastota, magnit oqimni; issiqlik datchiklar–
harorat
va issiqlik miqdorini; mexanik datchiklar–kuch, bosim, siljish, tezlik,
40
tezlanish; optik datchiklar–nur kuchi, yoritilishni; akustik datchiklar–tovush
kuchi, uni chastotasi, quvvatini; suyuqlik va gaz datchiklari-bosim va tezlikni
o’lchashadi. Har bir turdagi datchiklarni, o’z
navbatida, qabul qiluvchi
qismining ishlash prinsipi bo’yicha ham tasniflashadi, ya’ni guruhlarga
bo’lishadi. Masalan, optik datchiklar, fotoelektrik, fotoximik, fototermik va
fotomexanik guruhlarga bo’lishadi.
Datchiklarni boshqacha turi, chiqish u
miqdorini fizikaviy tabiatiga qarab ham belgilanadi. Chiqish miqdori–elektr
bo’lgan datchiklar, yani qarshilik, induktivlik, sig’im, tok, kuchlanish, faza,
chastota datchiklari eng ko’p tarqalgan.