• Boshlang’ich sinflar o’qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi vazifalari
  • Boshlang’ich ta’lim matematika fanidan o’quv dasturi, darslik va metodik qo’llanmalar mazmuni




    Download 311 Kb.
    bet1/19
    Sana03.04.2021
    Hajmi311 Kb.
    #14068
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

    BOSHLANG’ICH TA’LIM MATEMATIKA FANIDAN O’QUV DASTURI, DARSLIK VA METODIK QO’LLANMALAR MAZMUNI
    Tayanch tushunchalar: matematika, texnologiya, axborot, standart, interfaol, didaktika, dars, metod, ko’rsatmalilik, taqdimot, talablar, boshlang’ich sinf, mustaqil ish.
    Boshlang’ich sinflar o’qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi vazifalari

    Mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo’lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash muhim omil bo’lmoqda.

    “2017-2021yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning aniq mexanizmlari belgilab berilganligi to’g’risida fikrlarini bildirib, ushbu strategiya’ning nafaqat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi e’tiborini o’ziga jalb etgan muhim hujjatga aylanganligini alohida ta’kidlab o’tamiz.

    Jamiyatning, axborot muhitining va mehnat bozoridagi holatning jadal rivojlanishi natijasida reproduktiv ta’lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Bu esa matematikani o’qitishning yangicha yondashuvlarini ishlab chiqilishini talab qilmoqda.

    Yoshlarning bilim va iqtidorini chuqurlashtirish, ularning kelgusida malakali kadrlar bo’lib O’zbekistonni yanada rivojlantirishdagi ishtirokini ta’minlash maqsadida ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda, shunga javoban bilimimizni, ishimizni samarali va amaliyotga joriy etishda natijaviylikka e’tiborni qaratamiz.

    Vatanimizning gullab-yashnashi, barqaror rivojlanishi ma’lum bir darajada yoshlarning chuqur bilimga, mustahkam ishonch-e’tiqodga va umuman, komil inson bo’lishlariga bog’liq.

    Jamiyatimiz oldida vujudga kelayotgan muammolarni hal etishga faol kirisha oladigan, sharoitni yaxshi tushunadigan, keng qamrovli fikrlaydigan, hayotda uchraydigan kundalik va kasbiy muammolarni tushunadigan, tahlil qila oladigan, taqqoslay oladigan, amaliy hal eta oladigan insonlarga bo’lgan talab qo’yilmoqda.

    Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini o’stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko’zlangan (rivojlantirilgan) maqsadga erishish uchun o’zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o’zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi uning tafakkuri kengayadi.

    Demak, zamonaviy inson mustaqil qaror qabul qila oladigan, jamoada ishlay oladigan, tashabbuskor, yangiliklarga moslasha oladigan, mashaqqatli va asabiy xolatlarga chidamli, bu xolatlardan chiqa oladigan bo’lishi kerak. Hamma bunday sifatlarni matematika ta’limida kompetensiyaviy yondoshuvdan foydalanish asosida erishish mumkin.

    Bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan davlatlarda kompetensiyaviy yondoshuv ta’lim mazmunini modernizatsiya qilib, yangicha o’qitish yo’nalishlaridan biriga aylangan. Bu davlatlardagi umumiy ta’limning yangicha mazmunining asosini o’quvchilarning tayanch kompetensiyalarini hosil qilish va rivojlantirish tashkil etadi.

    Ta’limga kompetensiyaviy yondoshuv eskirib qolgan “bilim, ko’nikma va malakani o’zlashtirish” konceptsiyasiga qarshi o’laroq, kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan turli ko’rinishdagi malakalarni o’quvchilar tomonidan egallashni nazarda tutadi. SHunday qilib, kompetensiyaviy yondashuvda matematik ta’limning asosini amaliy, tatbiqiy yo’nalishlarini kuchaytirishga qaratiladi.

    Bundan tashqari, tuzilayotgan ta’lim standartlari o’quvchilarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlari, turli kasb egalari bo’lishlari va har tomonlama faol fuqaro bo’lishlari uchun zarur bo’ladigan sifatlarni aks ettirishi kerak.

    Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o’zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo’lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga matematikani o’rgatish bo’yicha xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.

    Standart loyihasi tuzilishda quyidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlardan foydalanildi:

    1) Yevropa Kengashining ―Uzluksiz ta’lim uchun tayanch kompetensiyalar “umumevropa standartlari strukturasi” to’g’risidagi hujjati («Key competences forlifelong learning — a European Reference Framework»1)

    2) Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (Organisation forEconomic Cooperation and Development (OECD)) Xalqaro o’quvchilarni baholash Dasturi (Programme forInternational Student Assessment (PISA)) standartlari.

    3) Ta’lim natijalarini baholash bo’yicha Xalqaro Assotsiatsiyasining (International Association forthe Evaluation of Educational Achievement (IEA))

    Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:

    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

    «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni;

    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni;

    O’zbekiston Resoublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to’g’risida» 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori;

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo’yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to’g’risida» 2013-yil 8-maydagi 124-son qarori;

    O’zbekiston Resoublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida»gi 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori;

    O’zDSt 1.0-98. «O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar»;

    O’zDSt 1.1-92. «O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O’zbekiston Resoublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartiblari»;

    O’z DSt 1.5-93. «Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko’rib chiqish, tekshirish, o’zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi»;

    O’z DSt 1157:2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo’lgan talablar.

    O’z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar.

    “Matematik savodxonlik” o’quvchilarning maktab matematika kursida egallagan bilimlarini tekshirishni emas, balki turli vaziyatlarda matematik bilim, ko’nikmalarni qo’llay olishlariga asosiy e’tibor qaratiladi. O’quvchilarga, asosan, o’quv emas, balki kundalik hayotga xos bo’lgan amaliy vaziyatlar taklif etiladi (tibbiyot, uy-joy, sport va h.k.). Bunda o’quvchilar ko’p hollarda nafaqat matematikaning turli mavzulari va bo’limlaridan, balki boshqa fanlar, masalan, fizika va biologiyadan olgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanishlari talab etiladi.

    1-hujjatning ayrim holatlarini nazarda tutgan holda Xalq ta’lim vazirligi qoshidagi Respublika ta’lim markazi tavsiyasiga ko’ra matematika bo’yicha quyidagi tayanch kompetensiyalarga erishishga qaratilgan ta’lim standartining yangi avlodini yaratish:

     Kommunikativ kompetensiya

     Axborot bilan ishlash kompetensiya

     Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiya

     Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya

     Umummadaniy kompetensiyalar

    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiya



    Download 311 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 311 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich ta’lim matematika fanidan o’quv dasturi, darslik va metodik qo’llanmalar mazmuni

    Download 311 Kb.