116
Yelimlab biriktirish jarayoni sirtlarni ma’lum darajada tayyorlashni talab
qiladi. Mustahkam birikma olish uchun sirtlar bir xil g‘adir-budurlikka ega bo‘lishi
kerak. Buning uchun aluminiy, qalay, keramika, chinni, rezina kartonga jilvir
qog‘oz bilan, qora metallar, qattiq qotishmalar, ba’zi plastmassalarga pitra bilan
ishlov beriladi. Yog‘och buyumlar egov bilan tozalanadi. Ba’zi metall va
qotishmalar (aluminiy, magniy, mis, xromlangan buyumlar) uchun sirtlarni kislota
yoki ishqorli vannalarda xurushlashga va boshqa operatsiyalarni bajarishga to‘g‘ri
keladi. Polietilen va ba’zi boshqa plastmassalardan tayyorlangan buyumlarga
sulfat kislota eritmasi bilan ishlov beriladi. YOpishtirishdan oldin detallar benzin,
aseton, yuvish vositalari bilan yog‘sizlantiriladi. Yelimlab biriktirilgan detallar
ta’mirlanayotganda ulardagi eski yelimni qirib tashlash zarur.
Bo‘yalgan sirtlar yuvish vositalari bilan yuviladi va jilvir qog‘oz bilan
ishqalanadi (kuch tushmaydigan konst-ruksiyalarning sirtlari) yoki bo‘yoq qatlami
butunlay qirib tashlanadi. Tayyorlangan sirtga yelim, odatda, cho‘tka bilan
kamdan kam hollarda pulverizator yoki shpatel bilan yelim pastalari surtiladi. Bu
jarayonni mexanizatsiyalashtirish uchun ko‘pincha yelim surtadigan jihozlardan
foydalaniladi.
Odatda, biriktiriladigan sirtlar va yelim pardasining issiqdan chiziqli
kengayish koeffitsienti turlicha bo‘ladi. Shu sababli yelimni sirtga mumkin qadar
yupqa qilib surtish zarur. Faqat shundagina birikma mustahkam chiqadi. Yelim
pardasining qalinligi 0,25 mm dan oshmasligi kerak.
Yopishqoq lentalardan foydalanish sohasi ancha kengaya-di: ular
izolyasiyalarni ta’mirlashda, metallarni korroziyala-nishdan saqlashda, sirtlarni
bo‘yash yoki galvanik qoplamalar hosil qilishda ishlatiladi. Bundan tashqari, ular
buyumlarni markalashda, o‘rashda ham ishlatiladi. Lentalar qog‘oz, sel-lofan,
polietilen, lavsan, polivinilxloriddan tayyorlanadi va ullarga yelim surtiladi.
Ularning afzalligi shundaki, deyarli barcha sirtlarga yaxshi yopishadi, yopishtirish
uchun maxsus uskuna talab qilmaydi. Tayyor holda chiqariladi.