40
- iqtisodiy samaradorligi yuqori.
Bu usulning kamchiliklari quyidagilardan iborat:
- shakllash vaqti uzoq;
- buyum materialining zichligi kam;
buyum o'lchamlari to'la aniq emas.
Bu usul bilan buyum olish uchun quyidagi termoplastlar (pasta holida):
polivinilxlorid, past va yuqori zichlikka ega bo'lgan polietilen va ularning
aralashmasi; uglerod kukuni bilan to'ldirilgan polietilen, poliamidlar ishlatiladi.
Olinadigan buyumlarning eng katta hajmi 500 L, devorining qalinligi 16
mm gacha bo'lishi mumkin. Puflash orqali shakllash. Termoplastlardan
ekstruziyalash (yoki bosim ostida quyish) orqali «yeng» qolipda zagotovka olib,
uni puflash orqali ichi bo'sb buyum olish - puflab shakllash deb ataladi (9-rasm).