• I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi
  • Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiyasi
  • II.Asosiy qism: 1-boshlovchi
  • Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim




    Download 4,38 Mb.
    bet35/43
    Sana16.11.2023
    Hajmi4,38 Mb.
    #99463
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
    Bog'liq
    Sinf soati 4-sinf

    III.Yakuniy qism.O`quvchilarga mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollarni “Kim topqir” o`yini orqali berish mumkin.


    MMIBDO‘: ___________________


    Sinf rahbar: ___________________

    Sana:_________________
    Mavzu: Milliy an’analarimiz faxrimizdir(21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).
    I.Kirish:
    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.
    Tarbiyaviy mashg`ulot borishi:
    Tayanch kompetensiya elementlari:
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
    O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
    Tashkiliy qism
    -Salom senga, navro`zi olam,
    Salom senga, bahor ayyomi.
    Senga olqish, senga sharaf-shon,
    Yasha gullar, nahor bayrami.
    II.Asosiy qism:
    1-boshlovchi:-Assalomu alaykum,qadrli bayram qatnashchilari,hurmatli mehmonlar! Mana,bugun diyorimizda bayram. Bahor tarovati bilan yashargan yurtimiz go`shalarida o`zgacha shodiyona. Yoshu qari bu shodiyonalarning birdek ishtirokchisi . Chunki Navro`z –yangi kun ,yasharish ,yangilanish fasli ,Yangi yil boshi.
    Azaldan xalqimiz uchun suyukli bo`lgan ayyomdir .
    2-boshlovchi:-Navro`z necha ming yillardan beri nishonlanib kelinayotgan turkiy xalqlarimizning azaliy bayramidir .Eng go`zal odatlar , insoniy qadiriyatlar bu ayyomda o`zini namoyon etadi.Kishilar bir-birbirlariga shirinso`z bo`ladilar,ginalar unitiladi,bemorlardan eng avval ko`ngil so`raladi.Ular bayram taomlari bilan siyladi.Ezgulik,qadr-qimmat,mehr-muruvvat,oqibatu saxovat ana shu qutlug` kunda o`zini butun bo`y bastini namoyon etadi.
    2-boshlovchi:-Bahor kelishi bilan chor-atrofni qushlarning yoqumli ovozi tutib ketadi,ularning sayrashlari kishiga xush kayfiyat bag`ishlaydi.Bayramimizga uzoq janub o`lkalaridan qaytgan qushlar ham mehmon bo`lib kelishibdi.Ularni davramizga taklif etamiz.
    O`quvchilar (qushlarni chorlaydi):
    -Bahor keldi elimizga
    Quvonch to`ldi dilimizga
    Keling-qushlar,
    Uching qushlar.
    Bizlar do`stmiz doim sizga.
    1-boshlovchi:
    Bolajonlar boshlaylik,
    Yalla, navo-nazmini,
    Savol-javob, topishmoq,
    Topag`onlar bazmini.
    -Yashar ko`k maysa,Eh, qanday maza!
    O`rikda gullar bu qaysi fasl.?
    Bolalar:-Topdik,bu go`zal Navro`z-gul fasli.
    2-boshlovchi:
    Ko`klam kelsa unadi,Oftob chiqsa kuladi.
    U bahorning elchisi, Buni hamma biladi.
    Bolalar:-Uning nomi boychechak, ko`klamdagi ilk chechak.
    2-boshlovchi:
    O`zi qizil ,go`zal biram,
    Qirda yozar alvon gilam.
    Bolalar:Budir lolaqizg`aldoq,ko`zing quvnar ko`rgan choq.
    1-boshlovchi:
    -Qozonsiz qaynar erta-kech,
    Suvida qo`ling kuymaydi hech.
    Bolalar:-Bu buloqdir bilamiz,
    Ichib mazza qilamiz.
    III.Yakuniy qism:
    2-boshlovchi:Mana,azizlar”Navro`z” bayramiga bag`ishlangan bugungi ertaligimiz ham nihoyalab bormoqda.Har kuningiz bayram bo`lsin.Bayram tantanalaringiz dilingizga ko`chsin.

    Download 4,38 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




    Download 4,38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim

    Download 4,38 Mb.