• 19-Mavzu: Trikotaj matosining zamon moda yo’nalishidagi o’rni. Reja
  • Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet97/153
    Sana22.08.2024
    Hajmi5,63 Mb.
    #269784
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   153
    Bog'liq
    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Xojiyeva Nargiza Ahmadjanovna

    Mashg’ulot yakuni
     
    1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarning javoblarini izohlab
    baholaydi va rag’batlantiradi
    Uyga vazifaning berilishi
     
    2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan 
    yo’riqnoma beradi
    Baholari bilan 
    tanishadilar
    Vazifani yozib 
    oladilar


    19-Mavzu: Trikotaj matosining zamon moda yo’nalishidagi o’rni. 
    Reja: 
    1.
    Trikotaj matosini kelib chiqishi 
    2.
    Trikotajdagi cho’ziluvchanlik va deformatsiya 
    3.
    Trikotaj matosidagi chok xaqi 
    Tayanch iboralar
    : to’quvchilik, paypoq, qo’lqop, assortiment, estetik, cho’ziluvchanlik 
    va deformatsiya, Jun, kapron, tabiiy ipak, paxta, viskoza, sintetik 
    To'quvchilikning rivojlanishini o'rta asrlarning ikkinchi yarmidan kuzatish mumkin. 
    XV—XVII 
    asrlarda 
    kapitalistik 
    ishlab 
    chiqarishning keskin rivojlanishi boshlanadi. 
    XV asrning oxiridan boshlab to'quv 
    buyumlarining ilk namunalari paypoqlar va 
    qo'lqoplar to'qila boshladi. 
    1798-yil 
    Fransiyada 
    birinchi 
    aylana 
    trikotaj mashinasi ixtiro etilgan. Shu davrdan 
    boshlab qo'lda to'qilgan buyumlar bilan bir 
    qatorda to'quv mashinasida to'qilgan buyumlar ham qo'llanib keldi. Bunga XIX va XX 
    asrlar jurnallari guvoh. 
    Qo'lda turli sviterlar, yopinchiqlar, bolalar jemperlari va hokazolar to'qilgan. 
    Kiyimdagi nafislikka naqshlar xilma-xilligi, tola ranglari va ilmoqlar to'qimi bilan 
    erishilgan. 
    Qo'l bilan to'qish vaqtida buyum tayyor shaklda (paypoq, qo'lqop) yoki uning alohida 
    qismlari (kiyimning old va ort bo'laklari, yenglari) to'qilgan. 
    Keyinchalik trikotaj mashinalar takomillashishi natijasida metrajli trikotaj matolar va 
    aylana matolar to'qilgan. 
    Dastlab trikotaj buyumlari assortimenti paypoqlar, qo'lqoplar, bosh kiyimlari bilan 
    cheklangan, keyinchalik ich kiyimlari va sport kiyimlari ishlab chiqarish boshlangan. 
    Keyingi bosqichda bu assortimentga ayollar, erkaklar va bolalar jiletlari, jemperlari, 
    poluverlari qo'shiladi. 


    Trikotaj 
    ishlab 
    chiqarishning 
    asosiy 
    xususiyatlari 
    texnik 
    taraqqiyotda 
    to'quv 
    jihozlarining yuqori samaradorligi va turli 
    tolalarga 
    ishlov 
    berishning 
    keng 
    imkoniyatlaridan iborat. 
    Trikotaj 
    sanoati 
    xodimlarining 
    asosiy 
    vazifalari 
    buyumlar 
    assortimentini 
    kengaytirish va kiyim sifatini yaxshilashdan 
    iborat. Bu maqsadga yangi turdagi trikotaj 
    tolalarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini 
    takomillashtirish, zamonaviy estetik talablarga javob beradigan trikotaj buyumlarini 
    loyihalashni va ko'plab ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish bilan erishish mumkin. 
    Trikotaj buyumni konstruksiyalashda matoning xususiyatlarini inobatga olgandagina 
    trikotaj buyum talabga javob beradi. 
    Cho'ziluvchanlik—trikotaj 
    matoning 
    asosiy 
    xususiyatlaridan 
    biri 
    bo'lib, 
    konstruksiyalashda buni e'tiborga olish zarur. Kuchli ta'sir ostida trikotaj mato cho'ziladi 
    va daformatsiyalanadi, lekin ta'sirdan o'tgandan so'ng u qisman yoki to'liq o'z shaklini 
    tiklaydi. 
    Trikotajda egiluvchan daformatsiya 
    qancha ko'p bo'lsa, buyum gavdaga 
    shuncha mos tushadi va o'zining asl 
    holatini saqlab qoladi. Trikotajda qoldiq 
    daformatsiya qancha ko'p bo'lsa, buyum 
    shuncha tez foydalanish davrida asl 
    holatini yo'qotadi va yaroqsiz holga 
    keladi. 
    Cho'ziluvchanlik va qayishqoqlik xususiyatlari trikotaj matoning to'qilishiga va ipning 
    tolasi tarkibiga bog'liq. Jun, kapron, tabiiy ipak, paxta, viskoza, sintetik tolalar 
    qayishqoqlik xususiyatiga ega. 
    Ko'pgina trikotaj matolar bo'ylama va enlama cho'ziluvchan bo'ladi. Eniga cho'zilganda 
    matoning uzunligi qisqaradi. 


    Eniga cho'ziluvchanlik darajasiga ko'ra trikotaj matolar 3 guruhga bo'linadi: kam, 
    o'rtacha va juda cho'ziluvchan matolar. Erkaklar va ayollar buyumiga mo'ljallangan har 
    guruh matoga minimal miqdorida eniga tikish haqi qo'yish tavsiya etiladi. 
    3-jadval 
    Ayollar va erkaklar kiyimiga eniga tikish haqqi qo'yish 
    Matoning choziluvchanlik 
    guruhi 
    Matoning eniga choziluvchanligi (% 
    hisobida) 
    Tikish haqi (sm 
    hisobida) 

    0 dan 40 gacha
    +2 
    II 
    40 dan 100 gacha 

    III 
    100 dan ortiq 
    -2 
    Yosh bolalar kiyimida eniga tikish haqi ko'proq qo'yiladi. 
    1.
    guruh cho'ziluvchan matolarga asosan reshal va reshal-vertal matolar, aylanafangli 
    dastgohlarida to'qimasi presslangan matolar kiradi. 
    2.
    guruhga tekisfangli va aylanafangli dastgohlarida tabiiy tolalardan to'qilgan barcha 
    matolar mansub. 
    3.
    guruhga ajurli matolar hamda tekisfangli va aylanafangli mashinalarida sintatik ipdan 
    to'qilgan ko'pgina matolar mansub. Trikotaj matoning cho'ziluvchanlik guruhini 
    aniqlash uchun ularni standartlar asosida sinovdan o'tkazish lozim. 
    Tayyor mahsulot uzunligiga quyidagi tortilish xaqi qo'yiladi: 
    Mato 
    Chok haqi (%) 
    Taralgan yarim junli 

    Rashalli 

    Silliq junli 

    Silliq xlorinli 

    Qayishqoq paxta lavsanli 

    Kapronli 

    Viskozali 

    Sun'iy ipak 



    Tortilish trikotaj matosining yana bir muhim xususiyatlaridan bo'lib, buyumni 
    loyihalashda buni albatta hisobga olish zarur. Trikotajning tortilishi deb, bichish yoki 
    tikish paytida mato bo'yiga va eniga nisbatan o'zgarishi tushuniladi. 
    Trikotaj matolarini ishlab chiqarish jarayonida mexanik ta'sir ostida tortilish paydo 
    bo'lishi mumkin. Shuningdek, namlab isitib ishlov berish ta'sirida, trikotajga bazak berish 
    jarayonida tortilish vujudga keladi. 
    Trikotaj matoning qalinligi buyum konstruksiyasiga ta'sir etadi. Trikotaj ich kiyimlar 
    uchun tolasining turi yoki to'qilishiga qarab qalinligi 0,36 mm dan 0,92 mm gacha bo'ladi. 
    Ustki trikotaj kiyimlar uchun matoning qalinligi 3 mm dan ortiq bo'lganda 
    konstruksiyalashda tikish haqqi qalinligidan kelib chiqqan holda qo'yiladi, aks holda 
    buyum kengligi bo'yicha torayadi. 
    Trikotaj buyumlarni loyihalashda matoning kengligini ham inobatga olish zarur. 
    Matolar kengligining turli xilligi ham konstruksiyalashda qiyinchiliklar tug'diradi. Shuning 
    uchun matoning kengligiga moslashtirib bir xildagi buyumlar uchun ayrim detallar bir 
    necha xilda konstruksiyalashtiriladi. 
    Chetlarining buralishi trikotaj matolarining salbiy xususiyatlaridan biridir. 
    Buralish darajasi tolaning turiga, o'rilish va to'qilish zichligiga bog'liq. Bunday trikotaj 
    buyumlarni konstruksiyalashda detallar sonining kamligi va ular shakllarining oddiyligiga 
    erishish zarur. 

    Download 5,63 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   153




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish

    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish