15-mavzu: O’g’il bolalar kombenzoni.
Reja:
1.Kombenzon turlari va vazifasi.
2.Kombenzon uchun tavsiya qilinqdigan gazlamalar.
3.Konstruksiyani qurish uchun asosiy o’lchamlar.
Tayanch iboralar:
kombenzon, kalta shim,tana tuzilishi, proporsiya,psixologik-
fizologik
O’g’il bolalar kiyimining chizma bo’laklari o’lchamini olishdagi farqi, ularning
qo’shimchalari yordamida bolalar kiyimi kengaytiriladi.
Har doim qo’shimchalar ko’krak
aylanasi o’lchamiga 4sm-10sm
gacha
qo’yiladi. Boshqa o’lchamlar masalan,
bel
aylanasi,
ko’krak
aylanasi
qo’shimchalariga qarab va modelga
muvofiq o’zgartiriladi.
O’g’il bolalarning rivojlanishi
davomida
tana
tuzilishi,
tana
proportsiyasi, tashqi ko’rinishi, xarakatlari, qiziqishlari, odatlari va mashg’ulotlari o’zgarib
boradi. O’g’il bolalarning turli yoshlardagi psixologik-fizologik va jismonan rivojlanishini
hisobga olgan holda bolalar kiyimlari assortimenti o’zining turi, tuzilishi, bichilishi,
ranglarning bezalishi jihatidan turli-tuman bo’ladi. O’g’il bolalar
kiyimlari har bir yosh
guruhga mos holda loyihalanadi. O’g’il bolalar kiyimlari assortimenti turli kiyimlar, shim,
kofta, kurtka, kombenzonlardan iborat;
O’g’il bolalar ko’p xarakat qilganligi sababli kiyimlar qulay ya’ni, kiyish va yechish
uchun oson bo’lishi kerak. Ko’proq to’g’ri va timsifat ishlatiladi. O’g’il bolalar kombinzoni
bichimlarining turli bo’lishi bilan ajralib turadi.
O’g’il
bolalar
kombenzoni
organizmning issiqlik sarflashini kamaytirib,
bola
salomatligini va ish qobiliyatini saqlashga
ko’maklashadi. Bolalar qanchalik jismoniy
ish qilsa,
u shuncha tashqi muhitga issiqlik chiqaradi.
Bunda
kiyimning issiqlikka qarshiligi kam bo’lishi
kerak.
Jismoniy
ish qilganda, terlash jarayoni
normal va
uzluksiz bo’lishi uchun kiyim tagiga havo
o’tib
turishi, kiyim haddan tashqari keng yoki juda tor bo’lmasligi kerak. O’g’il bolalar
kombenzon uchun tanlangan matosi og’ir bo’lsa, bolani tez charchatadi, bolaning ish
qobiliyati kamayadi. Kiyimning issiqlik sarflash xususiyatini
kamaytirmasdan uni
yengillashtirish zarur.
O’g’il bolalar kombenzoni paxta tolali jinsili gazlamadan tikilgan bo’ladi. Old bo’lak
o’rta chizig’i molniya taqilma bilan ishlangan va bezak chokida tikilgan. Yon chokda
joylashgan cho’ntakli yeng o’mizi bezak chok bilan tikilgan. Ort bo’lakli yopishtirma
cho’ntaklar joylashtirilib tikiladi va yeng o’mizi bo’yin aylanasiga bezak choklar berildi.
Savollar.
1.
Bolalar kombinzoni qanday gazlamadan tikiladi?
2.
Bolalar kombenzoni uchun qaysi qomat o’lchamlari olinadi?
3.
Kombenzon asos chizmasini chizish uchun bo’y qanday o’lchanadi?
4.
Shim uzunligi qanday o’lchanadi?
5.
Bolalar kombenzonida qanday cho’ntaklar ishlatiladi?