14-Mavzu: O’g’il bolalar shimini old bo’lagini hisoblash va chizish.
Reja :
1.Shim old yarmining o’rta chizig’i
2.Orqa og’ chizig’ini chizish.
3.Vitochkalarni hisoblash va chizish.
Tayanch iboralar:
bel, son ,tizza,pocha chizig’i, vitachka, o’tirish balandligi
Shim old yarmining o’rta chizig’i Ya2, Yaz, B2 va T2 nuqtalarini ravon egri
chiziq
yordamida uzaro tutashtirib hosil qilinadi.
Old yon chiziqning son chizig’i to’g’risidagi vaziyati: BB4 =BB1+ B1B3 (B
nuqtadan o’ng tomonga gorizontal chiziq bo’yicha o’lchanadi).
Shim old yarmining yon chizig’ini hosil qilish uchun T4, B4, K1 nuqtalar ravon egri
chiziq yordamida o’zaro tutashtiriladi; so’ngra K1` nuqta N1, nuqta bilan to’g’ri chiziq
yordamida tutashtiriladi.
Orqa og’ chizig’ining yo’nalishi:
BB5= 0,5 [(1,4 Sson + Pson +Ur-1,5)— B3B4] +0,5.
B5 nuqta K4 nuqta bilan to’g’ri chiziq yordamida tutashtiriladi va old
hamda orqa og’ chiziqlarining uzunligi tenglashtiriladi: K4Ya4=
K2Ya2. Og’ chizig’ini hosil qilish uchun Ya4 nuqta K4
iuqta bilan
botrh egri chiziq yordamida va K4 nuqta bilan to’g’ri chiziq
yordamida tutashtiriladi.
Shim orqa yarmining kengligi B6 nuqta yordamida aniqlanadi:
B5B6 = 0,7 (0,4 Sson -1,5).
B5B6 kesma B5 nuqtadan o’ngga gorizontal chiziq bo’yicha
o’lchanadi.
B6 orqali o’tgan vertikal chiziq bilan Ya dan o’tgan gorizontal chiziq
kesishgan nuqta T5 bilan belgilanadi.
Shim orqa yarmining o’rta chizig’i yunalishi: