faoliyat jarayoni boiib, uning natijasida asar yaratiladi.
Aniq bir kostum kompozitsiyasi haqida gapirganda biz kishining kostumda badiiy-
timsoliy ifodaliligini ta’minlovchi uning alohida hajmlari, detallari va elementlarining
xarakteri, tashkil etilish xususiyatlarini ko‘zda tutamiz.
Kishi timsoli ijtimoiy-iqtisodiy me’yorlar o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.
Rassom bu o‘zgarishlar tendensiyasini darhol sezib oladi va o‘z san’ati vositalari orqali
«yangi» kishini aks ettiradi. Shu sababli kostum o‘z davri, uning estetik va ijtimoiy
qiymatlari aksidir.
Rassom ishi murakkab kechadi. G‘oyalar va timsollar emotsional-intuitiv darajada
tug‘ilib qog‘oz yoki maket materialida es kizlarda aks ettiriladi. Eskizlarni mantiqiy tahlili
ulardan eng yaxshisini keyingi ishlanish uchun tanlab olish imkonini beradi.
Bu ish kompozitsiyaning turli vositalari bilan amalga oshiriladi: shakl va siluet
xarakteriga ta’sir etuvchi shaklning plastik ishlanishi; ma’lum xususiyatlar va faktura
materiallarini tanlash; shaklning kalorik tashkil etilishi; shaklning eng muhim uchast-
kalarini ajratish.
Shunday qilib, maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyat jarayonida ishlab chiqilgan shakl
kompozitsiyasi bu faoliyat mahsulotidir va maium xususiyatga ega boiadi. Kompozitsiya
statik yoki dinamik boia oladi; elementlarning bir-biriga maium bogiiqligi kompozitsion
muvozanatga olib kelishi mumkin, umumiy tuzi- lishning qat’iy to‘g‘rilanishi va kostum
elementlarini nozik ishlab chiqilishi uning shaklining uyg‘un yaxlitligiga olib keladi.
Eskizda tasviriy vositalarning ifodaliligi uning emotsional qabul qilinishining asosiy
shartidir.
Eskizni ifodalashning tasviriy vositalari - bu dog‘ chizigi (rang yoki siyoh bilan, shtrix
yoki faktura bilan qoplangan yuza). Eskiz qanday materialda tasvirlanishiga qarab, turlicha
bo’ladi: yengil yupqa gazlamadan tayyorlangan mahsulotni mayin pero chizigi bilan;
sinuvchan kapron gazlamada -«notekis» sinuvchan chiziq bilan; jun gazlamada yumshoq
qalam orqali qalin chiziq bilan, tukli gazlamada esa nam qog‘ozda chiziq yoki «quruq»
tekis mo‘yqalam bilan tasvirlash mumkin.
Faol tasviriy vositalarning kostumning qiziqarli o‘ylanishi bilan qo‘shilishi kishining
kostumdagi ifodali timsolini yaratishga yordam beradi. Eskizning timsoliy ifodaliligini
baho lashda grafik til ifodaliligi va qog‘oz kompozitsiyasi, kostum mazmundorligi va kishi
xususiyatlari o‘rtasida yuzaga kelgan organik bog’lanish ko‘zda tutiladi. Eskiz badiiy-
timsoliy ifodaliligiga kostyum o‘ylanishi mukammalligi va uning kishi tim soliga to’liq
mos kelishini yuqori mahorat bilan bajarish orqali erishiladi.