|
Bipolyar tranzistorlardagi kalit sxemalarni tadqiq etish
|
bet | 1/3 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #239984 |
Bog'liq ELEKTRONIKA6 ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА КОММУНИКАЦИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВАЗИРЛИГИ
МУХАММАД АЛ-ХОРАЗМИЙ НОМИДАГИ ТОШКЕНТ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ УНИВЕРСИТЕТИ
“ELEKTRONIKA VA SXEMALAR 2”
fanidan
“BIPOLYAR TRANZISTORLARDAGI KALIT SXEMALARNI TADQIQ ETISH”
mavzusidagi - mustaqil ish
Bajardi: Abdullayev Rasul
TOSHKENT 2024
Kirish.
TRANZISTORLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.
Elektronika rivojlanish jarayonida to’rt bosqich bosib o’tdi.
Birisnchi bosqich 1895-yilda A.C.Popov tomonidan simsiz telegraf – radio ixtiro
qilinishi bilan boshlandi. Bu davrdagi aloqa qurilmalari passiv elementlardan: similar,
induktivlik g’altaklari, magnitlar, rezistorlar, kondensatorlar, elektromexanik
qurilmalar (almashlab ulagichlar, rele va boshqalar) dan iborat edi.
Ikkinchi bosqich 1906-yili L.de Forest tomonidan birinchi aktiv asbob – triod
lampasining yaratilishi bilan boshlandi. Triod – elektr signallarini turli o’zgartirish
usullariga ega bo’lgan, asosan – quvvat kuchaytirgich xossasiga ega bo’lgan birinnchi
aktiv elektron lampalari yordamida kuchaytirish xisobiga telefon orqali suxbatlarni
uzoq masofalarga uzatish imkoniyati yuzaga keldi. Elektron lampalari orqali radio
tasvirlarni ham uzatishga o’tishga imkon yaratdi. Ikkinchi bosqich elektronika
apparatulari elementlariga – elektron lampalar, rezistorlar, kondensatorlar,
transformatorlar kiradi.
Uchinchi bosqich 1948-yili Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan
qattiq jismli (yarim o’tkazgichli) elektronikaning asosiy aktiv (kuchaytirgich) elementi
bo’lgan – bipolyar tranzistorning kafsh etilishi bilan boshlandi. Tranzistor electron
lampaning barcha funksiyalarini bajarishga qodir. U radiolampalarga nisbatan
miniatyur, arzon, mustahkam, chidamli hamda energiya istemol qilar edi. 1956-yilda
transistor ixtirochilari Nobel mukofotiga sazovor bo’lishgan.
To’rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida qurilma va tizimlar
yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataladi. Mikroelektronikaning
birinchi mahsulotlari – integral mikrosxemalar 60 – yillar so’nggida paydo bo’ldi.
Hozirgi kunda IMSlar uch xil konstruktiv – texnologik usullarda yaratiladi: qalin
pardali va yupqa pardali gibrid integral mikrosxemalar (GIS) va yarim o’tkazgichli
integral mikrosxemalar. Integral mikrosxemalar radio elektron apparaturalarda
elementlararo ulanishni ta’minlash bilan birgalikda, massa va material hajmini
ta’minlaydilar. Ko’p sonli chiqishlar va korpuslarning yo’qligi radio elektron
apparatularning hajmi va massasini kichraytiradi.
|
| |