|
Biologiya (2) — копия cdrBog'liq Axborot xavfsizligiRezident qorovullaridan
foydalanuvchi usuli hisoblash mashinasining asosiy xotirasi-
da doimo saqlanuvchi va boshqa programmalar xarakatini kuzatuvchi programmalarga
asoslangan. Bu metodning, jiddiy kamchiligi sifatida yolg‘on-dakam trevogalar foizining
ko‘pligidir.
Programmani vaksinatsiyalash
deganda uning yaxlitligini nazorat qilish maqsadi-
da maxsus modulning yaratilishi tushuniladi. Fayl yaxlitligining xarakteristikasi sifatida
odatda nazorat yig‘indisidan foydalaniladi. Vaksinatsiyalangan faylning zaxarlanishi so-
dir bo‘lsa nazorat moduli nazorat yig‘indisining o‘zgarishini aniqlaydi va bu xususida foy-
dalanuvchini ogohlantiradi. Viruslarga qarShi apparat-programm vositalardan foydalan-
ish usuli viruslardan himoyalanishning eng ishonchli usuli hisoblanadi. Hozirda Shaxsiy
kompyuterlarni himoyalashda maxsus kontrollerlar va ularning programm ta’minotidan
foydalaniladi. Kontroller umumiy Shinadan foydalana oladi va Shu sababli disk tizimsiga
bo‘lgan barcha murojaatlarni nazorat qiloladi. Kontrollerning programm ta’minotida ish-
lashning oddiy rejimida diskning o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan qismlari xotirlanadi.
17
Viruslarga qarshi apparat-programm vositalar quyidagi afzalliklarga ega:
- doimo ishlaydi;
- ta’sir mexanizmidan qat’iy nazar barcha viruslarni aniqlaydi;
- virus ta’siri yoki malakasiz foydalanuvchi ishi natijasidagi ruxsatsiz xarakatlarni
tuxtadi.
Bu vositalarning kamchiligi sifatida ularning shaxsiy kompyuter apparat vositalariga
bog‘liqligini ko‘rsatish mumkin.
Viruslar ta’siri oqibatlarini yo‘qotish jarayonida viruslar
-
ni yo‘qotish, hamda virus bo‘lgan fayllar va xotira qismlarini tiklash amalga oshiriladi.
Viruslarga qarshi programmlar yordamida viruslar ta’siri oqibatlarini yo‘qotishning ikki
usuli mavjud. Birinchi metodga binoan tizim ma’lum viruslar ta’siridan so‘ng tiklanadi.
Virusni yo‘qotuvchi programmani yaratuvchi virusning stukturasini va uning yashash ma-
konida joylashish xarakteristkalarini bilishi shart. Ikkinchi metod noma’lum viruslar bilan
zaxarlangan fayllarni va yuklama sektorini tiklashga imkon beradi. Fayllarni tiklash uchun
tiklovchi programma fayllar xususidagi viruslar yo‘qligidagi axborotni oldindan saqlashi
lozim. Zaxarlanmagan fayl xususidagi axborot va viruslar ishlashining umumiy prinsiplari
xususidagi axborotlar fayllarni tiklashga imkon beradi.
|
| |