SMS-xabardagi kod tasdiqlangan zahoti
yangi ochilgan pochta
qutingiz ochilib, undan foydalana boshlaysiz. Pochta qutingizning bosh
sahifasida («Kelgan xatlar») bo‘limi ochiladi. Unda Mayl.Ru pochta
xizmatidan kelgan «Maylr.ru’ga xush kelibsiz» hamda «Mayl.ru’ning
mobil versiyasi» deb nomlangan ikkita xat turgan bo‘ladi. Ularni o‘qib,
Mayl.ru pochta qutisi va uning eng yangi imkoniyatlari haqida to‘liq
ma’lumot olishingiz mumkin.
17-MAVZU: ELEKTRON POCHTA XABARLARINI O‘QISH,
KIRUVCHI XABARLAR VA PAPKALARNI BOSHQARISH
POCHTA XABARLARINING VAZIFALARI UCHUN JAVOB
YARATISH.
Pochta bilan ishlash sahifasi bir nechta bo‘limdan iborat. Chap
tarafda (Kelgan xatlar), (Yuborilgan xatlar), (Xomaki nusxalar), (keraksiz
reklama (Savatcha) bo‘limlari keltirilgan. Sahifaning o‘rtasida chap
tomondan tanlangan bo‘limning nomi ko‘rinib turadi. U sizning hozir
qaysi bo‘limda turganingizni ko‘rsatib turadi. Yuqorida (yangi xat
yozish), (Tekshirish, ya’ni yangi xatlar
kelganligini yana bir bora
tekshirish), (Manzillar) va (yana) tugmalari bor. Bo‘limida pochta qutisiga
kelgan xatlar turadi. Kerakli xatni o‘qish uchun uning linkiga, ya’ni
havolasiga bosiladi. Shunda xatning matni ochiladi.
Misol uchun,