48
DNK modeliga (14-
rasm) asosan uning molekulasi qo‘sh spiral hosil
qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirdan tashkil topgan. Har ikkala zanjir bitta
umumiy o‘qqa ega bo‘lib, diametri 0,2 nm ga teng. Nukleotidlar qoldig‘i bir
-
biriga nisbatan 36
0
C burchak hosil qilib joylashgan. Spiralning bir aylanasi
360
0
C yoki o‘rami 10 nukleotid qoldig‘idan tashkil topgan. Spiralning bir
o‘rami orasidagi masofa 3,4nm ga teng bo‘lib, har bir nukleotid 0,34 ni
egallaydi
DNK zanjirlarining pentoza fosfat guruhlari spiralning tashqi tomonida,
azot asoslari esa ichki tomonida joylashgan. DNK molekulasidagi adenin
miqdori har doim timin miqdoriga teng va guanin miqdori sitozin miqdoriga
teng bo‘ladi. DNK molekulasi
ning boshqa (A,B,C,Z va boshqa) shakllari ham
kashf etilgan.