KASHTA TIKISHDA RANG TANLASH




Download 7,77 Mb.
bet14/37
Sana21.06.2021
Hajmi7,77 Mb.
#15154
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
KASHTA TIKISHDA RANG TANLASH

Kashta tikish rang bilan chambarchas bog’liq. Iplarni tanlashda ranglarning yo’g’onlashuvini, ular bir-biriga qanday ta’sir etishini bilish zarur. O’zaro mos ranglarni tanlashda berk spektr qatori ranglaridan iborat ranglar doirasi asos qilib olinadi. Agar uch qirrali shisha prizmadan nur tarami o’tkazilsa, u tarkibiy qismlarga bo’linib ko’rinadi, rangli yo’l-spektr hosil bo’ladi.

Tabiatda ranglarning bunday qo’shilishini ko’pincha kamalakda, quyosh nuri shudring zarralaridan o’tishida ko’rish mumkin. Ko’zga ko’rinadigan spektr uzluksiz o’zgara boradigan qizil, to’q sariq, sariq, yashil, zangori, ko’k, binafsha ranglar qatoridan iborat. Bu ranglar bir-biridan oraliq tuslar gammasi bilan ajralgan bo’ladi. Agar spektr ranglarini o’sha tartibda doiraga joylashtirilsa, ko’k- binafsha va qizil ranglar orasida to’q qizil rang bo’ladi.

Ranglar doirasini diametri bo’yicha bir tomonda qizil to’q sariq va sarg’ish-yashil, ikkinchi tomonida zangori-yashil, ko’k, ko’kish-binafsha ranglar qoladigan qilib ikkiga bo’lish mumkin. Doiraning qizg’ish-sariq bo’lagidagi ranglari iliq va ularga qarama-qarshi hamma ranglar turlarini sovuq ranglar deyiladi. Ular ko’kimtir ufq, suv, muz ranglarni eslatadi. Har qanday rang o’zining tusi, och va to’qligi bilan xarakterlanadi, rang tusi - qizil, ko’k, sariq va hokazo, rangdorlik.

Kashtaning rangi uning fonidan ya’ni, asosidan kelib chiqib, rang koloriti tanlanadi. Oq bo’z hech qachon sutdek oppoq bo’lmaydi.

Uning biroz kulrang, sarg’ish tusi uzviy koloritni hosil qilishga bir qadar mosdir. Agar fon bo’lsa, u holda shu rangga mos kashta ipaklari tanlab olinadi.

Ba’zan fon ipaklar bilan birga ornamentning rang-barang ochilib turishiga xizmat qiladi. Kashtalarda qo’llaniladigan yashil ranglar ham turli-tuman bo’ladi. Ularda sarg’ish yashil va ko’kish feruza (dengiz suvi rangi) turlari bilan birga to’q havo rang, yashil ranglarninig har xili qo’llanishi mumkin. Sariq va havo ranglarninig aralashuvidan hosil qilinadigan yashil rang ham har xil ko’rinishga egadir. Unda goh zarxal, goh havo ranglar tovlanib, ajoyib joziba hosil qiladi. So’zana tikkanda uning ornamenti sidirg’a tikiladi, bezaklari esa “Yoqimli” qizg’ish va “Yoqimsiz” to’q qizil ranglarninig tartibli ravishda qaytarilish asosida tikiladi. To’q qizil va malla ranglarning bir xilda almashinib kelinishi Buxoro, Shofirkon kashtasiga mosdir.

Rangli bezaklar ishlashda faqat qizil ranglargina qo’llanilmay, balki gullar, doira bezaklarining ayrim joylari sariq, zangori, novvoti, och binafsha va pushti rang iplarda tikiladi. Odatga ko’ra gullar va doira bezaklarining chetiga konturlar tikilmaydi. Bu esa bezaklarninig tabiiy gulga o’xshashiga olib keladi. Gulninig barglari qora yoki boshqa ranglar chiziqlar bilan chegaralanadi. Kashtalardagi rang-baranglik, qizil va yashil, sariq va binafsha, to’q sariq va havo rang, yashil va to’q sariq, qora va oq ranglar kontrasti asosida beriladi.



Buxoro, Shofirkon kashtalarining xaraktarli tomoni shundaki, ularda ko’proq zangori, kul rang va pushti ranglar ishlatiladi. Aynan shu ranglarni Varaxsha devori naqshlarida ham (mil.av. VII asr yodgorligi) uchratish mumkin. Badiiy buyumlarini kashtachilikda bezash uchun, tabiiy iplardan foydalansa, buyumlar o’zgacha bir go’zallikga ega bo’ladi. Bunday ipak tolalar tabiiy yo’l orqali ranglanadi. Avvalambor, mahalliy sharoitda pilla tolasini yumshatiladi, va bajariladi.



Download 7,77 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Download 7,77 Mb.