130
Profilaktik dasturlar shu sohada olib borilayotgan faoliyatlar tizimi
– kompleks va maqsadga yo‘naltirilgan ko‘rinishlardir. Bu dasturlar
asosan 4 ta komponentdan iborat:
tahlil - dastur tsiklining boshlang‘ich komponenti bo‘lib, aholining
salomatlik holatini, uning shakllanishiga ta’sir
qiluvchi omil va
sharoitlarni o‘rganish jarayonini salomatlikni mustahkamlash, kasalliklar
profilaktikasining imkoniyat darajasini o‘z ichiga oladi;
rejalashtirish – ustivor yo‘nalish, maqsad, vazifa, usul va vositalarni
tanlash jarayonini o‘z ichiga oladigan komponent;
amalga oshirish – profilaktik dasturni bajarishda texnik, qonuniy, siyosiy
chora - tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
baho berish –
olingan natijalar, yuqoridagi dasturlar orqali ko‘zda
tutilgan chora - tadbirlarning samaradorligini aniqlashga qaratilgan
dinamik jarayon.
Dastur tsiklini baholash profilaktik dasturni boshqarishning
tarkibiy qismi hisoblanadi. Dastur tsiklining komponentlari sog‘liqni
saqlash sohasining turli yo‘nalishlaridan tashqari, insoniyat faoliyatining
boshqa sohalarida ham qo‘llanishi mumkin.
Shunday qilib, har qanday profilaktik dasturni amalga oshirish
uning sifati va samaradorligini baholash bilan yakunlanadi.
Tibbiy profilaktik yordam sifati –
zamonaviy tibbiyot fani, tibbiy
profilaktik texnologiyalar darajasida, jamiyat va patsientlar,
ehtiyojini
qondirishga
qaratilgan
tibbiy-profilaktik
yordamni ko‘rsatishga
qaratilgan tasdiqlovchi tavsiflar majmuasidan iborat.
Tibbiy profilaktik yordamning sifati quyidagicha tavsiflanadi:
kasalliklar profilaktikasi va sog‘liqni mustahkamlash maqsadida
ishlatiladigan
resurslar,
texnologiyalar
va
chora
tadbirlarning
adekvatligi;
qo‘llanilayotgan tibbiy-profilaktik choralarning xavfsizligi;
tibbiy-profilaktik chora-tadbirlarning amalga oshirishning aniqliligi;
talab qilinayotgan tibbiy-profilaktik xizmat turining mavjudligi va
ommabopligi;
ko‘rsatilayotgan
tibbiy-profilaktik
yordamning
doimo
takomillashtirilganligi
va qulayligi;
131
sog‘liqni saqlash tizimida patsientlarni sog‘lomlashtirish va o‘qitish
jarayonining o‘zluksizligi va izchilligi;
qo‘llanilayotgan tibbiy-profilaktik tadbirlarning o‘z vaqtidaligi va
natijaviyligi;
profilaktika faoliyatida alohida patsient,
guruh va barcha aholining
ehtiyojini qondirish xususiyati;
olingan natijalar va jarayonlarning barqarorligi;
ijobiy, tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy balansga erishish uchun
qo‘llanilayotgan tibbiy-profilaktik yordamning samaradorligi.