125
Aholini gigienik tarbiyalash va o‘qitish maktabgacha tarbiya va
boshqa o‘quv muassasalarida amalga oshirishi o‘rgatilishi kerak,
ishchilarni tayyorrlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vaqtida
ularning o‘quv dasturiga gigienik bilimlarni kiritish kerak.
Alohida shaxsning turmush tarzini kompleks ko‘rsatkichlari
qatoriga turmush harakteri, turmush darajasi, turmush stili va sifati
kiradi. Turmush tarzi – jamoadagi yashash tartibi urf - odat, milliy
madaniyat hayot tarzi. Masalan, aniq tarixiy taraqqiyot jarayoniga
asoslangan urf-odatlari
vaqt mobaynida takrorlanib turadi. Ular o‘z
navbatida, ehtiyoj bo‘lib qolgan harakatlarni, odatlarni yuzaga keltiradi.
Turmush darajasi
deganda odamlarning ovqatlanish, ma’lumoti,
ish bilan ta’minlanganligi, ish sharoiti, yashash sharoiti, ijtimoiy
taminlanganligi, dam olishi, kiyinishi, bo‘sh vaqti huquqi tushuniladi.
Shu bilan birga bu miqdoriy ko‘rsatkichlar oxirgi maqsad bo‘lib
qolmasdan, faqat yahshi turmush sharoitini yaratishning instrumentidir.
Hayot uslubi – hatti–haraktning hulq-atvorning psixologik va individual
xususiyatidir.
Sog’lom turmush tarzini muammosi insonning oldida to’rgan eng
muhim muammodir-shaxsning tamomlama rivojlantirish, mehnat-
turmush va dam olish maqsadida odamlar ijtimoiy faolligi kuchayib
borishiga yordam beradigan ilmiy maqsadiga asoslangan ijtimoiy
gigienik jihatidan oqilona bo’lgan turmush tarzini shakillantirishdir; Bir
qancha tadqiqotchilarning malumotlariga qaraganda, Mamlakatimizdagi
amaliy salomatlik kamida 50 bora ish vaqtining, 15-20 % atrof muhitga
va sog’liqni saqlash sistemasiga bog’likdir.