28
-sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlarini ishlab chiqadi
hamda tasdiqlaydi, davlat sanitariya – epidemiologiya nazoratini
ta’minlaydi;
-profilaktik yordam yo‘nalishlari va hajmlari, profilaktika maqsadlarida
emlashlar o‘tkazishning muddat va usullari to‘g‘risida qarorlar qabul
qiladi, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi;
-boshqa davlatlar hududidan yuqumli va karantindagi kasalliklar olib
kirilishining oldini olish ishlarini manfaatdor organlar bilan birgalikda
tashkil etadi va nazorat qilib boradi;
-O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z vakolatlari
doirasida davolash – profilaktika, sanitariya, epidemiyaga qarshi,
radiatsiya, ekologiya masalalari yuzasidan chiqaradigan normativ –
huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasi xududidagi davlat organlari,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa birlashmalari hamda jismoniy
shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.