22
JSST tashkilotining ta’rificha Sog‘liqni saqlash tizimi - bu
uyda, ta’lim muassasalarida, ish joyida, jamoada, jismoniy va ruhiy
ijtimoiy doiralarda, hamda sog‘liqni saqlash va u bilan bog‘liq
muassasalarda amalga oshiriladigan, salomatlikni mustahkamlashga
yordam beruvchi bir – biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan chora- tadbirlar
yig‘indisidir.
Tibbiy yordam deganda – oliy va o’rta maxsus tibbiy bilimga
ega bo‘lgan shaxslar tomonidan tug‘ruqda, kasallanish, shikastlanish
va zaharlanishda amalga oshiriladigan davolash profilaktik chora
tadbirlar yig‘indisi tushiniladi.
O’zbekistonda aholi salomatligini muhofazalash yillar
davomida shakllangan kuchli sog‘liqni saqlash tizimi orqali amalga
oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash
to‘g‘risidagi qonunida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga doir
huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash; fuqarolarning
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; davlat organlari, korxonalar,
muassasalar,
tashkilotlar,
jamoat
birlashmalarining
fuqarolar
sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga
solish belgilab berilgan.
Davlat va sog‘liqni saqlashnining boshqa tizimlarini “Jamoat
sog‘lig‘ini saqlash” degan umumiy tushuncha birlashtiradi. Jamoat
sog‘lig‘ini saqlash
(public health as a system) – bu aholi salomatligini
saqlash
va
mustahkamlash,
kasallanish
va
shikastlanishlarni
profilaktikasi, mehnat faoliyati va O’rtacha umrni uzaytirishga
qaratilgan, davlat, jamiyat, tibbiy va notibbiy tashkilotlar orqali amalga
oshiriladigan ilmiy va amaliy chora – tadbirlar yig‘indisidir.