|
Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha)Bog'liq Amaliyot kundaligi
4
AMALIYOT DAVRIDA TALABANING VAZIFASI
❖
Amaliyot dasturiga binoan topshiriqni toʻliq bajarish.
❖
Korxona va tashkilotlarning ichki mehnat intizomiga rioya qilish.
❖
Mehnat muhofazasi qonunlari va texnika (elektr, yongʻin, yoʻl harakatini)
xavfsizligiga hamda ishlab chiqarish sanitariya qonun qoidalariga qat’iy itoat
qilish. Belgilangan tartib boʻyicha ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish
korxonalarida texnik va mehnat xavfsizligiga oid tashkillashtirilgan ishlarda
ishtirok etish va sinovlardan oʻtganligini rasmiylashtirish.
❖
Amaliyot davrida bajarilayotgan ish va uning natijalariga javobgarlikni sezish.
❖
Amaliyot dasturida koʻrsatilgan topshiriqlarga yozma shaklda javob tayyorlash,
hisobotni rasmiylashtirish.
❖
Korxona va tashkilotlarda amaliyot oʻtayotgan talabani ichki mehnat intizomini
buzmaslik, buning uchun korxona yoki tashkilot buyrugʻi bilan jazolanishi
mumkinligini bilish.
Izoh:
Talaba amaliyot dasturini bajarmasa yoki qoniqarsiz baho olsa, yozgi
ta’tilda amaliyot oʻtkazish uchun qayta joʻnatilishi, ayrim hollarda talabalar safidan
chiqarilishi yoki kursda qoldirilishi mumkin.
Texnika xavfsizligi yoʻriqnomasidan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi:
1.
Oʻquv guruhi malakaviy amaliyotga
amaliyotiga chiqish oldidan amaliyot
rahbari talabalarga texnika xavfsizligiga oid yoʻriqnoma oʻtadi va texnika xavfsizligi
jurnaliga rasmiylashtiradi.
2.
Talabalar ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash uchun korxonaga borgandan soʻng,
ularga korxonada texnika xavfsizligidan yoʻriqnoma beriladi va muhrlangan maxsus
jurnalga korxona boʻyicha ma’sul shaxs tomonidan qayd etiladi.
3.
Malakaviy amaliyot
amaliyoti boshlanishida talabalarga tegishli sex va boʻlim
boshliqlari tomonidan texnika xavfsizligi yoʻriqnomasi oʻtiladi va roʻyxatga olinadi.
4.
Amaliyot davrida ish sharoiti, mehnat usullari yoki ish oʻrni oʻzgarsa talabalarga
albatta oʻzgarishlarni hisobga olgan holda texnika xavfsizligidan yoʻriqnoma beriladi
va roʻyxatga olinadi.
|
| |