• Kriptovaluta va raqamli pullarning ishlash texnologiyasi.
  • Kriptovaluta va raqamli pullarning ishlash texnologiyasi




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/96
    Sana28.09.2024
    Hajmi3,4 Mb.
    #272801
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
    Bog'liq
    Axborot tizimlari

    Kriptovaluta va raqamli pullarning ishlash texnologiyasi.
    Innovatsion vazirlik tashabbusi bilan innovatsion markaz qoshida 
    hozirgi davrda shiddat bilan rivojlanayotgan blokcheyn texnologiyasi 
    imkoniyatlaridan foydalanish shart-sharoitlarni yaratish, kadrlar 
    salohiyatini oshirish hamda mahalliy dasturchilar tomonidan ushbu 
    texnologiyani o‘zlashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taqsimlan-
    gan reestr (blokcheyn) texnologiyalari bo‘yicha vakolatlar markazini 
    yaratish ko‘zda tutilgan. Shuning uchun ham hozirgi paytda blokcheyn 
    texnologiyasini atroflicha tushunish va undan moliya-kredit-bank 


    146 
    sohalarida unumli foydalanish yo‘llarini chamalash maqsadida ushbu 
    maqola omma e’tiboriga havola etilmoqda. 
    Uning asosiy vasifasi va ishlash texnologiyasini misol tariqasida 
    ko‘rishimiz mumkin. 
    AQSHdagi biror bir firmaga bank jo‘natmalari orqali 1000 dollar 
    yubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan 
    so‘ng, bank xodimi shaxsiy hisobingizdan pulni echib olib, uni xalqaro 
    o‘tkazmalar uchun bankning yagona hisobiga o‘tkazadi. Shundan 
    so‘ng, boshqa xodim bu pullarni agent bankning hisobiga o‘tkazadi, u 
    esa, o‘z navbatida, pullarni AQSHga o‘tkazadi. U erda o‘tkazmangiz 
    aynan shu taxlitda firmaning shaxsiy hisobiga tushadi. Jo‘natma 
    davomida hech kim xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun o‘tib, firma 
    barcha banklarning komission foizlari olingandan so‘ng 970 dollarni 
    oladi. Biroq shu uch kun ichida na siz va na sizning firmangiz, 
    qolaversa, bank xodimlaridan hech biri ayni vaqtda pullaringiz qaerda 
    ekanligi va ularning hisobini kim yuritayotganligini bilmaydi. Undan 
    tashqari, jahon banklararo moliyaviy tizimlarida turli moliyaviy 
    to‘lovlarni amalga oshirishda ma’lumotlarning o‘zgarib qolishi, to‘liq 
    etib bormasligi yoki yo‘qolib qolishi kabi holatlar ham bo‘lishi 
    mumkin. Ana shunday holatlarda moliyaviy to‘lovlarni blokcheynlar-
    dan foydalanib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
    Hozirda blokcheynlardan asosan kriptovalyuta jo‘natmalari 
    uchun foydalanilmoqda. Biroq u jahonning bir qancha mamlakatlarida 
    turli tashkilotlarning turli maqsadlari uchun ham faol joriy etilmoqda. 
    Masalan, er kadastrini yuritishda, tibbiyot korxonalarida mijozlarning 
    anketalarini saqlashda, davlat interaktiv xizmatlarini tashkil qilishda va 
    xakozolarda. 
    Blokcheynning afzalligi - uning shaffof, tezkor, soddaligi va 
    qiymatida. Siz kriptovalyuta yoki biror ma’lumotni blokcheyn orqali 
    jo‘natgan bo‘lsangiz, bunday jo‘natma haqida ma’lumotni o‘zgartirish 
    yoki qalbakilashtirishning umuman imkoni yo‘q. Chunki u butun dunyo 
    bo‘yicha yuz minglab kompyuterlar hamda maynerlar tomonidan 
    tasdiqlanadi. Aynan ushbu kompyuterlarda ushbu ma’lumotning 
    ko‘plab nusxalari saqlanadi, ular bilan istagan foydalanuvchi istagan 
    vaqtda tanishishi mumkin. Jo‘natma jarayoni bor-yo‘g‘i bir necha 
    daqiqa vaqt oladi va bank jo‘natmasidan bir necha o‘n marta arzondir. 
    Agar siz pullar yoki ma’lumotni blokcheynda saqlasangiz, ushbu 
    qaydlar hech qachon yo‘qolib qolmaydi yoki soxtalashtirilmaydi. 


    147 
    Moliyaviy bozorning istagan ishtirokchisi istagan daqiqada 
    sizning moliyaviy ahvolingizga ishonch hosil qilishi mumkin. Bunda 
    hech qanday uchinchi tomon yoki vositachi ishtirokisiz, to‘liq 
    shaffoflik va hisoblar aniqligining matematik kafolati ta’minlab 
    beriladi. SHuning uchun ham O‘zbekistonda Prezidentimiz tashabbusi 
    bilan blokcheyn texnologiyasini rivojlantirish borasida bir qator muhim 
    topshiriqlar berildi. Endi esa blokcheynlar bilan bir vaqtda hozirgi 
    paytda jahonning barcha mamlakatlarida rivojlanib borayotgan ICO 
    (Initial Coin Offering – kriptotokenlarni moliyaviy bozorlarga 
    birlamchi joylashtirish) nimaligi haqida qisqacha ma’lumot berishga 
    harakat qilamiz. Buni tushunish uchun attraksionlar parkini tasavvur 
    qiling. Uning kirish qismida park emblemasi tushirilgan jetonni xarid 
    qilasiz va turli ko‘ngilochar o‘yinlar va attraksionlar uchun u bilan 
    to‘lov qilasiz. Blokcheynlar bilan ishlovchi turli loyihalar (masalan, 
    ma’lumotlarni saqlashga ixtisoslashganlar) ham ana shunday jetonlar 
    chiqaradi. Ular tanga yoki token deb ataladi. Xaridor ana shunday 
    tokeni xarid qilib, uning yordamida loyihaning biror-bir xizmati, 
    aytaylik, ma’lumotlar bazasidagi o‘z ma’lumotlarini saqlash joyi 
    hajmini oshirish uchun to‘lovni amalga oshiradi. Agar bunday loyiha 
    ommalashsa, tokenlarning ham qiymati oshadi. Blokcheyn-loyihalar 
    tokenlar chiqarganda, ularni odamlar harid qilishi uchun moliyaviy 
    bozorga joylashtiradi. 
    Bu kriptotanga – tokenlarni birlamchi tizimga joylashtirish 

    ICO 
    - Initial Coin Offeringdir. ICOlar ichida eng taniqli bo‘lganlardan biri 
    GNOSIS deb nomlangan va u ishga tushirilgandan so‘ng, 15 daqiqa 
    ichida 12 million dollarga ekvivalent bo‘lgan mablag‘ yig‘ishga 
    erishgan. Ammo bu paytda u o‘zining faqatgina 5% GNO 
    tokenlarinigina chiqargan edi, xolos. Bu degani, GNOSIS 300 million 
    potensial dollarga teng tokenlar kapitalizatsiyasiga ega bo‘lgan holda, 
    biror bir hayotchan tijoriy mahsulot ishlab chiqarmasdan turib, 
    yaxshigina mablag‘ga ega bo‘lishdir. GNOSIS bo‘yicha materiallarni 
    o‘rganish ICOning tuzilishini, uning ishlashini, GNO tokenlarining 
    qanday faoliyat ko‘rsatishini va xaridor uchun foydasini tushunish 
    imkonini beradi. Gnosis Limited kompaniyasining 

    Tokenlarni sotish 
    shartlari‖ deb nomlangan hujjatida uning huquqiy tomonlari har qanday 
    moliyaviy uskuna kabi juda chuqur yoritilgan, ammo undagi iqtisodiy 


    148 
    tomonlar, salbiy ta’sirlar va murakkabliklar deyarli yo‘q (atroflicha 
    ko‘rib chiqilmagan). 
    Moliyaviy injenering sohasidagi mutaxassislar uchun ham bunday 
    masalalarni chuqur o‘rganib chiqish unchalik oson emas. Shuni alohida 
    ta’kidlash kerakki, agarda tokenlar yangi kriptovalyutalarning tokenlari 
    bo‘lmasalar, ICO da foydalaniladigan tokenlarning kriptovalyutalar 
    bilan hech qanday umumiy tomoni yo‘q. 
    Kriptovalyuta – ommaviy blokcheynning ichki hisob birligi 
    bo‘lsa, tokenlar – investorning kompaniya tomonidan pulga 
    almashtiriladigan raqamli aktividir. 
    Kriptovalyutani mayning yordamida 
    topadilar, tokenlar emissiyasini esa uni 
    chiqargan tashkilot yoki kompaniyalar 
    amalga 
    oshiradilar. 
    Kriptovalyuta 
    bilan tokenning asosiy farqi shundaki, 
    tokenda blokcheyn ham, hamyon ham 
    yo‘q, lekin kriptovalyutada bularning 
    ikkalasi ham bor. ICO biror bir 
    loyihaga pul jalb qilish uchun chiqariladi va sotiladi, pul to‘lab, 
    kontrakt vazifasini bajaruvchi tokenlar sotib olgan insonlarga esa 
    tokenlar o‘rniga nimadir berish taklif etiladi. Demak, investor 
    kriptovalyuta yoki tokenlar uchun kelajakda nimanidir olish huquqiga 
    ega bo‘ladi. Uning kelajakda nima olishi, startap loyihaning qanchalik 
    muvaffaqiyatli chiqishiga bog‘liq bo‘ladi. Deyarli barcha ICOlarni 
    tashkil qilish jarayoni bir xilda amalga oshiriladi: ya’ni, tashkilotchilar 
    elektron hamyonning adresini bildiradilar va ma’lum bir shartlar 
    asosida unga pul jo‘natishni taklif qiladilar. Mablag‘lar yig‘ilib 
    bo‘linganidan so‘ng, investorlarning elektron hamyonlariga raqamli 
    aksiyalarni jo‘natadilar. Tokenlar xaridorlarning ICOga jo‘natgan 
    pullari miqdoriga proporsional ravishda taqsimlanadilar. Albatta token 
    sotib olgan investor uni keyinchalik sotib foyda olishni yoki ICO tashkil 
    qilgan kompaniya hizmatlaridan foydalanib, nimalargadir erishishni 
    rejalashtiradi. Tokenlarni sotish, ularni sotib olingan joyida amalga 
    oshirilishi yoki unga qiziqqan haridorga moliyaviy bozorda birjalar 
    vositasida sotilishi mumkin. Tokenlarni muomalaga 314 chiqarish 
    uchun mo‘ljallangan mahsus platformalar ham mavjud, masalan, 
    ularning ichida eng ommaviylari - Ethereum, Waves, NEM, EOS va 


    149 
    KickICO lardir. Ularning har birining ijobiy va salbiy tomonlari ham 
    mavjud. 
    Masalan, Ethereumda eng katta auditoriya (foydalanuvchilar soni 
    5 million) bo‘lsa, Wavesda tokenlar juda tezkorlik bilan chiqariladi
    KickICOda esa ICO tashkil etish va uni amalga oshirish uchun tayyor 
    uskunalar mavjud. SHuning uchun yangi tokenlar paydo bo‘lishini 
    ICO-chilar amalga oshiradigan platformalar orqali kuzatib turish ham 
    mumkin. ICOlarga qancha mablag‘ jalb etish maqsadga muvofiq 
    bo‘ladi, degan savolga javob barcha turdagi yuqori tavakkalchilik 
    darajasiga ega bo‘lgan investitsiyalar kattaliklariga bo‘lgan kabidir – 
    ya’ni, ICOga o‘zingiz yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqmaydigan mablag‘ni 
    investitsiya qilgan ma’quldir. 
    Yuqoridagilarni diqqat bilan o‘qib chiqqanlarda kriptovalyutalar-
    ning yoki tokenlarning hammaga ma’lum va mashxur bo‘lgan 
    moliyaviy piramidalarga o‘xshab ketishini anglash mumkin. Moliyaviy 
    piramidalarning asosiy maqsadi — uning yaratuvchisini yangi 
    ishtirokchilar kiritgan mablag‘lar hisobidan boyitishdir. Bunday 
    piramidalarning aktivlari tashqi bozorda hech kimga kerak emas, 
    ulardan foydalanishda hech qanday afzalliklarga ega emas, hech 
    qanday muammoni ham hal qilmaydilar. 
    Kriptovalyutalar yoki tokenlar bilan bog‘liq holatda esa hammasi 
    aksincha — ular moliyaviy bozorning katta muammosini hal qiladi, 
    ularning aylanmasi qulay va ishtirokchilar uchun manfaatli bo‘lib, bu 
    ularni xarid qilishga aniq talabni yuzaga keltiradi. Biroq ertaga bozor 
    texnologik jihatdan yanada mukammal va qulay nimanidir ixtiro qilsa, 
    yirik o‘yinchilar va investorlar kriptovalyutalarga bo‘lgan ishonchini 
    yo‘qotishi mumkin. Bu esa valyuta kursining tushib ketishi va 
    kapitalning boshqa qulayroq moliyaviy vositaga o‘tib ketishiga olib 
    kelishi mumkin. Ammo hozirda turli xil ko‘rinishdagi kriptovalyuta 
    hamda tokenlarni mukammallashtirish ustida dunyo bo‘ylab juda ko‘p 
    iqtidorli dasturchilar va matematiklar mehnat qilmoqdaki, navbatdagi 
    keskin texnologik o‘zgarish ehtimol, mavjud texnologiyalar doirasida 
    yuz berishi mumkin. 
    So‘mning emissiyasi jarayonida blokcheyn texnologiyasini 
    qo‘llash orqali milliy kriptovalyutani yaratish ham O‘zbekiston 
    iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga molik bo‘lishi 
    mumkin. Chunki ushbu moliyaviy uskuna orqali O‘zbekiston jahon 
    kriptavalyutalar bozoriga kirib olib, iqtisodiyotni rivojlanishi uchun 


    150 
    kerakli bo‘lgan moliyaviy resurslarga, ya’ni, investitsiyalarga ega 
    bo‘lishi mumkin. Shuni aytish mumkinki yilning noyabridan oyidan 
    boshlab, ilk kriptovalyuta bo‘lgan bitkoinning qiymati $1000 dan oshdi, 
    2017 yilning bahoriga kelib esa bitta virtual bitkoin uchun $2500, 2017 
    yilning kuziga kelib esa $20000 bera boshlashdi. Shu vaqtning o‘zida 
    boshqa kriptovalyutalar ham o‘sishda davom etmoqda. Masalan, bir 
    efirium valyutasi 2017 yil yanvaridan 2017 yil iyunigacha 30 barobar 
    o‘sdi va narxi $250ga etdi. Bu o‘sish bir qancha faktorlarga bog‘liq. 
    Masalan, 2017 yilda Yaponiya xukumati bitkoinni to‘lov vositasi 
    sifatida tan olishdi va hozirda bu mamlakat fuqarolari ushbu 
    kriptovalyutada bank hisob raqamlarini ochishlari va undan 
    foydalanishlari mumkin. Bitkoinning bu etakchi rivojlangan 
    mamlakatda qonuniylashtirilishi investorlar orasida katta qiziqish 
    uyg‘otmoqda, albatta. 
    Masalan, 2017 yil may oyida ishga tushgan Yapon kriptovalyuta 
    birjasi Z.com talabgorlarning haddan tashqari ko‘pligidan ishini 
    vaqtincha to‘xtatib turishga majbur bo‘ldi. Mavjud kriptovalyutalar 
    narxining tezlik bilan oshib ketishi blokcheynekotizimlarining 
    rivojlanishi bilan ham bog‘liqdir. 
    Xususan, ICO mexanizmi (blokcheyndagi kraudfunding) tizimlari 
    borgan sari ommalashib bormoqda. Startap kompaniyalar keyinchalik 
    rivojlanish maqsadlarida o‘zlarining shaxsiy kriptotokenlarini ham 
    chiqarishlari mumkin. Investorlar esa bu kriptotokenlarni sotib olib, 
    startap kompaniya faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lgan taqdirda yaxshigina 
    foyda olishlari mumkin. Hozirgi kunlarda juda ko‘p ICOlar tashkil 
    etilmoqda va ular tomonidan jalb etilgan moliyaviy resurslar miqdori 
    bo‘yicha yangidan-yangi rekordlar qo‘yilmoqda. 
    Masalan, Mozilla brauzerining avvalgi bosh direktori Brendan 
    tomonidan tashkil etilgan Brave startapi ICO vositasida 30 sekund 
    davomida $35 mln mablag‘ yig‘a oldi. 
    Masalan, 2016 yilning boshida Xitoy Xalq banki kriptovalyutaga 
    o‘tish rejasini e’lon qildi va hozirgi kunlarda naqd pullarni asta-sekin 
    blokcheynlarga o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan tadbirlar amalga 
    oshirilmoqda. Xitoy mamlakati fuqarolari uchun bu ish hech qanday 
    noqulaylik tug‘dirmaydi, chunki bu tizimdan foydalanish hozirgi 
    paytda foydalaniladigan WeChat yoki Alipay tizimlaridan unchalik 
    farq qilmaydi. Ammo bu o‘zgarish biznes uchun katta ahamiyatga ega 
    bo‘ladi, chunki bunda oradagi moliyaviy vositachilar yo‘qoladi. 


    151 
    O‘zbek milliy valyutasi – so‘mni ham blokcheynga o‘tkazish 
    davlatga bir qancha moliyaviy muammolarni hal qilish imkonini berar 
    edi. Shu jumladan, joriy bank operatsiyalarining shaffofligini oshirish, 
    davlat samaradorligini oshirish, ikkilamchi va yashirin bank sektorini 
    yo‘q qilish, davlat apparatidagi byurokratiyani engish, soliqlar to‘lash 
    jarayonini mukammallashtirish orqali, soliq to‘lamaslik holatlariga 
    qarshi samarador kurashish, kichik biznes va tadbirkorlikning 
    rivojlanishiga yangi imkoniyatlar berish, halqaro valyuta-kredit 
    resurslarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga keng jalb qilish hamda 
    mamlakatimizdagi moliya-kredit muassasalarining ishini yanada 
    takomillashtirish va boshqa imkoniyatlarni bular safiga kiritishimiz 
    mumkin. Undan tashqari, blokcheynlarning zamonaviy rivojlangan 
    platformalaridan foydalangan holda davlat apparatidagi interaktiv 
    xizmatlarning bir qismini muvaffaqiyatli ravishda blokcheynlarga 
    o‘tkazish mumkin. Masalan, er kadastrini yurituvchi blokcheynlarni, 
    tibbiyot mijozlarining bazasini yuritish blokcheynlarni, katta 
    ma’lumotlar bazasini blokcheynlarda tashkil etishni, ma’lumot qidiruv 
    va saqlash tizimlarini tashkil etish va yuritishga bag‘ishlangan 
    blokcheyn tizimlarini shularga yaqqol misol qilib keltirish mumkin. 
    Bunda nafaqat katta iqtisodiy samaradorlikka erishiladi, balki 
    ma’lumotlarning 
    barcha 
    uchun 
    mutlaqo 
    shaffofligiga 
    va 
    tushunarliligiga ham erishiladi. 
    O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barcha 
    turdagi operatsiyalarni milliy valyutada (so‘mda) amalga oshirish 
    huquqiga ega bo‘ldi. Biroq, norezidentlarga kriptoaktivlarni faqat 
    xorijiy valyutaga sotish mumkin. Shuningdek mulkiy ta’minotga ega 
    tokenlar emissiyasiga ham ruxsat berildi (2021-yil 22 noyabr). 
    Hujjat bilan birinchi marta 2019 yil yanvar oyida qabul qilingan 
    kriptobirjalarni 
    litsenziyalash 
    tartibi 
    to‘g‘risidagi 
    nizomga 
    o‘zgartirishlar kiritildi. 
    Endilikda O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar 
    bilan barcha turdagi operatsiyalarni milliy valyutada (so‘mda) amalga 
    oshirish huquqiga ega bo‘ldi. Biroq, norezidentlarga kriptoaktivlarni 
    faqat xorijiy valyutaga sotishlari mumkin. 
    Bundan tashqari, o‘zgartirishlar tokenning tariflarini va u bilan 
    bir qator operatsiyalarni, jumladan, tokenlar emissiyasi, joylashtirish va 
    ro‘yxatga olishni nazarda tutadi. Tokenlarni investitsiya va moliyalash-


    152 
    tirishni jalb qilish uchun tegishli ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik 
    subyektlari chiqarishi mumkinligi aniqlandi. 
    O‘zbekiston kripto-birjalarida sotiladigan barcha tokenlar mulkiy 
    ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Mulkiy ta’minotga ega bo‘lmagan 
    tokenlarni chiqarish va joylashtirish taqiqlanadi. 
    Kriptobirjalar o‘zlarining tokenlarini joylashtirgan tashkilotlarni 
    va ularning mulkiy xavfsizligi bor-yo‘qligini tekshirishlari shart. 
    Shuningdek, jalb qilinishi rejalashtirilgan summaning kamida 10 foizi 
    kriptobirjasining maxsus hisob raqamiga kiritilishi kerak. 
    O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi kriptovalyuta birjasi 
    UzNEX 2020 yil yanvar oyida ishga tushirilgan. Biroq o‘sha kungacha 
    o‘zbekistonliklarga faqat chet elliklarga kriptovalyuta sotishga ruxsat 
    berilgan edi — Loyiha boshqaruvi milliy agentligi aholining moliyaviy 
    savodxonligi pastligiga ishora qilgan, deb yozmoqda Spot. 
    Bu yil agentlikning pozitsiyasi o‘zgardi. O‘zbekiston resident-
    lariga 
    kriptoaktivlarni 
    sotib 
    olishga 
    ruxsat 
    beruvchi qonun 
    loyihasi muhokamaga chiqarildi. Bundan tashqari, Loyiha boshqaruvi 
    milliy agentligi kompaniyalarga tokenlarni chiqarishga ruxsat 
    berishni taklif qilgan. 

    Download 3,4 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kriptovaluta va raqamli pullarning ishlash texnologiyasi

    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish