• Passiv, faol va kooperativ DSS.
  • Passiv, faol va kooperativ DSS




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/96
    Sana28.09.2024
    Hajmi3,4 Mb.
    #272801
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96
    Bog'liq
    Axborot tizimlari

    Passiv, faol va kooperativ DSS.
    Passiv DSS qaror qabul qilish 
    jarayoniga yordam beradigan, ammo aniq qaror takliflari yoki 
    yechimlarini keltira olmaydigan tizimdir.
    Faol DSS bunday qaror takliflari yoki yechimlarini chiqarishi 
    mumkin.
    Kooperativ DSS konsolidatsiyalangan yechimga erishish uchun 
    inson va tizim o‘rtasida takrorlanadigan jarayonni amalga oshirishga 
    imkon beradi: qaror qabul qiluvchi (yoki uning maslahatchisi) tizim 


    106 
    tomonidan taqdim etilgan qaror takliflarini tasdiqlash uchun tizimga 
    qaytarib yuborishdan oldin ularni o‘zgartirishi, to‘ldirishi yoki 
    takomillashtirishi mumkin va shu kabi tizim yana qaror qabul 
    qiluvchining takliflarini yaxshilaydi, to‘ldiradi va takomillashtiradi va 
    ularni tasdiqlash uchun yuboradi. 
    Hal etiladigan vazifalarnint murakkabligi va qo‘llanilish sohasiga 
    bog‘liq holda QQQT ning 3 ta darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin. 
    Birinchi darajali QQQT ko‘plab vazifalarni bajarish imkoniyatiga 
    ega. U yuqori darajadagi davlat boshqaruvi (prezident, hukumat, 
    vazirliklar ma’muriyati) organlarida va katta kompaniyalarning 
    boshqaruv organlari (korporatsiyalar direktorlar kengashi) da 
    foydalanish uchun mo‘ljallangan. Mazkur darajali tizim turli siyosiy, 
    ijtimoiy va iqtisodiy tadbirlarni dasturga kiritishga oid qarorlarni 
    asoslash uchun yirik kompleksli dasturlarni rejalashtirishda katta 
    yordam beradi. U jamoa bo‘lib foydalanish tizimi sanalib, ma’lumotlar 
    bazasi turli bilim sohasidagi qo‘plab ekspert-mutaxassislar tomonidan 
    tashkil qilinadi. 
    Ikkinchi darajali QQQT yakka tartibda foydalanish tizimi 
    hisoblanadi 
    va 
    bunda 
    ma’lumotlar 
    bazasini 
    bevosita 
    foydalanuvchilarning o‘zi yaratadi. Ular o‘rta rangdagi davlat 
    xizmatchilari, shuningdek, kichik va o‘rta firmalar rahbarlari 
    tomonidan boshqaruvning tezkor vazifalarini hal etish uchun 
    mo‘ljallangan. 
    Uchinchi darajali QQQT ham foydalanuvchining tajribasiga 
    moslashtiriladigan, yakka tartibda foydalanish tizimi sanaladi. Ular tez-
    tez uchrab turadigan tizimli tahlil va boshqaruvning ama-liy vazifalari 
    (masalan, kreditlash sub’ektini tanlash, ish ijro-chisini tanlash, 
    mansabga tayinlash)ni hal etish uchun mo‘ljallangan. Bunday tizimlar 
    ilgari biror masalani hal etishda amalda qo‘llanilgan qaror natijalaridan 
    kelib chiqqan holda, xuddi shunga o‘xshash yangi vazifani hal qilish 
    imkonini beradi. Bundan tashqari mazkur darajadagi tizimdan o‘z 
    tajribasi asosida haridorga tovar tanlash imkonini beruvchi «intellektual 
    reklama» vositasi sifatida uzoq vaqt foydalanish mumkin bo‘lgan 
    qimmatbaho tovarlar bilan savdo qiluvchi savdo korxonalarida 
    foydalanish mumkin. 

    Download 3,4 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish