• 5.1. Mavzu: Tashkilot biznes tizimlari. Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish. Korxona resurslarini rejalashtirish Reja
  • Axborot tizimlari




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/96
    Sana28.09.2024
    Hajmi3,4 Mb.
    #272801
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96
    Bog'liq
    Axborot tizimlari

     


    86 
    V-BOB. ELEKTRON BIZNES TIZIMLARI 
    5.1. Mavzu: Tashkilot biznes tizimlari. Mijozlar bilan 
    munosabatlarni boshqarish. Korxona resurslarini 
    rejalashtirish 
    Reja: 
    1.
    Yetkazib berish zanjirini boshqarish. Korxona dasturiy ilovalarini 
    integratsiyalash. Tranzaksiyalarni amalga oshirish tizimlari. 
    2.
    Korxona hamkorlik tizimlari. Funksional biznes tizimlari 
    3.
    Biznesda axborot tizimlari. Marketing tizimlari. Moliyani 
    boshqarish tizimlari 
    Internet nisbatan qisqa vaqt ichida katta yo‘lni bosib o‘tdi, u avval 
    oddiy AQSh va Yevropa harbiy-ilmiy institutlarini aloqa kanallarini 
    birlashtirgan bo‘lsa, hozirda telefon va sun‘iy yo‘ldosh aloqa kanallari 
    orqali butun jahon axborot muhitini o‘z ichiga qamrab olmoqda. 
    Internetda tijoratdan foydalanish g‘oyasi, uning ommaga tashkilot va 
    foydalanuvchilarga keng foydalanish imkoniyati paydo bo‘lishi bilan 
    vujudga kelgan. Avvaliga u faqat axborotlarni joylashtirish, undan 
    foydalanish va elektron pochta xizmatlarga ko‘rsatgan.
    Foydalanuvchilar va ish bilarmon foydalanuvchilarni ortishiga, 
    HTML (Hyper-Text Markup Language), ularning protokoli HTTP 
    (Hyper-Text Transfer Protokol), shuningdek, ushbu gipermatnlarni 
    ko‘rsatuvchi-brauzer dasturlarning paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan.
     
    Ushbu innovatsiyalar orqali axborot Internetda zamonaviy 
    ko‘rinishga ega bo‘lgan. Internetda joylashtirilgan axborotlarga 

    elektron nashrlar deb nom berildi. Natijada dizayn, dasturlash kabi 
    xizmatlarga talab paydo bo‘ldi. Veb-dizayn deb nom olgan agentlik 
    tashkil topdi va u mijozlarga axborot resurslarini Internetda yaratishga 
    yordam berdi. Elektron nashrlar Internet-nashriyot, Internet-reklama va 
    qog‘ozda qilinadigon ishlarni elektron shaklda tayyorlashga keng yo‘l 
    ochib berdi. 
    Tovar va xizmatlarni elektron to‘lov orqali xarid qilish va global 
    tarmoqlardan butun dunyo bo‘yicha tranzaksiya o‘tkazmalaridan 
    foydalanish imkoniyatlari paydo bo‘ldi va elektron tijorat vujudga 
    keldi. Ko‘pgina Veb-kataloglar reklama va axborot bilan to‘la edi, 
    elektron to‘lovlar paydo bo‘lgandan so‘ng, ushbu kataloglardan tovar 
    va xizmatlarni xarid qilish imkoniyati qo‘shildi. Ko‘pchilik elektron 
    tijoratni Internetda oldi-sotdi ishlarini olib borish deb hisoblaydi, ammo 


    87 
    uning kelib chiqishi tijoratni avtomatlashtirish vositalariga va 
    faoliyatda global tarmoqdan foydalanishga borib taqaladi. 
    Yetkazib berish zanjirining boshqaruv tizimi. (Supply Chain 
    Management – SCM) еtkazib beruvchi, distribyuter va sotib 
    oluvchilarni yagona mantiqiy jarayonga birlashtiradi. Yetkazib berish 
    zanjiri deganda yеtkazib berish bo‘yicha buyurtmani bajarish uchun 
    birlashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji savdo markazlari va 
    distribyutsiya, insonlar va boshqa ko‘pgina iqtisodiy agentlar 
    tushuniladi. SCMning sohasiga buyurtmani shakllantirish, yеtkazib 
    beruvchilarni izlash, ular orasida buyurtmani taqsimlash, bajarilishini 
    nazorat qilish, yеtkazib berish rejasi va grafigini aniqlash, qabul qilish 
    va buyurtmani buxgalteriyaga kiritishlar va boshqalar kiradi. 
    Mijozlar bilan munosabatni boshqarish tizimlari (Cystomer 
    Relations Management – CRM) Zamonaviy iqtisodiyotning 
    paradigmasi e’tiborni ishlab chiqarishga emas, balki mijozga qaratish 
    hisoblanadi. U zamonaviy kompaniyalarning biznes-jarayonlarini 
    rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga aylanmoqda. 
    Tizimning funksiyalari: 
    1. Sotuvni boshqarish (Mijoz hisobini boshqarish, sotuvni 
    bashoratlash, tovar va xizmatlar ro‘yhatini boshqarish, mijozlar bilan 
    aloqani boshqarish); 
    2. Marketing (mijozga dolzarb axborotni еtkazish); 
    3. Mijozga yordam xizmati (mijozlar bilan o‘zaro munosabatni 
    boshqarish). 

    Download 3,4 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   96




    Download 3,4 Mb.
    Pdf ko'rish