relyatsion
modellarning
keng tarqalishiga sababchi bo‘ldi. Relyatsion model
jadvalli usul asosida tashkil qilinadi. Bunda tegishli ma’lumotlar
jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. Ustunlar ma’lumotning
maydonlarini, qatorlar esa yozuvlarni ifodalaydi. Bir ustunda ma’lum
sohaga tegishli bo‘lgan bir qancha ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ustun va
qator o‘rtasidagi bog‘lanish munosabat deb ataladi. Har bir ustun, qator
va munosabat o‘z nomiga ega bo‘ladi.
Relyatsion modeldagi munosabatlar quyidagi talablar orqali hosil
qilinadi:
ustun va qator kesishgan yerda joylashgan ma’lumotlar element
hisoblanadi;
69
munosabatlarda ikkita bir xil qator bo‘lmaydi;
ustun va qatorlarning tartibli joylashishi va nomlanishi majburiy
emas.
Relyatsion model bir nechta munosabatlardan tashkil topishi
mumkin. Relyatsion modelning asoschisi – Amerika olimi E.F. Kodd.
Bu modelning ikkinchi nomi – Kodd modeli.
Umumiy holda ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari
(MBBT) ikki xil guruhga ajratiladi:
Professional yoki sanoat MBBTlari. Bu guruhga quyidagi
MBBTlar kiradi: Oracle, DB2, Sybase, Informix, Ingres, Progress.
Shaxsiy (stolga joylashtiriladiganlar). Bu guruhga kiradigan
MBBTlar: FoxBase/FoxPRO, Clipper, R:base, Paladox, Approach va
Access. Foydalanuvchi interfeysi MB protsessori Ma’lumotlar bazasi 1
blok, 2 blok, 3 blok.
Hozirgi vaqtda Access MBBT ning ishlab chiqarishda keng
tarqalganligini hisobga olgan holda dasturning ma’lumotga kirish
arxitekturasini ko‘rib chiqamiz. Arxitektura uchta blokdan tashkil
topadi (3.5-rasm).
3.5-rasm. MB loyihalash bosqichlari
Foydalanuvchi interfes bloki. Bunga MS Access ob’ektlari kiradi:
jadvallar, formalar, hisobotlar va boshqalar. Ma’lumotlar ombori. Bu
blokda ma’lumotlar jadvallarining fayllari saqlanadi (Accessda .mdb
fayllar).
|