12
texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiya bo„lib,
bunda kompyuter
texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi so„nggi yutuqlarga tayanadi.
Axborot texnologiyalarining jamiyat tomonidan o„zlashtirilishi har
bir inson hayot tarzining o„sishiga olib kelishi lozim. Axborot jamiyati –
insoniyat rivojining navbatdagi bosqichi bo„lib, insonlarning yangi,
axborot texnologiyalariga tayanuvchi yashash muhiti yuzaga keladi.
2. Axborotlar bilan ishlash jarayonlari
Axborot tizimlari axborot bilan ishlash jarayonlarini
turli-tumanlik
asosida ajratishni talab qiluvchi jarayonlarni amalga oshirishga
asoslangan. Ularga axborotlarni olish,
qayta ishlash, jo„natish, saqlash,
taqdim etish va foydalanishlarni kiritish mumkin.
Axborotlarni olish
Har qanday predmet sohasida obyektlar uchun bajariladigan
jarayonlar va funksiyalar, obyektlarning xossalari ma‟lumotlar
manbai
bo„lib xizmat qiladi. Har qanday predmet sohasini uch xil: real, formal
va axborot ko„rinishida taqdim etish mumkin.
Shunga ko„ra axborotni olish jarayonini uch qavatli filtrdan
o„tkazish deb qarash mumkin. Bunda to„g„ri taqdim etish (sintaktik
qiymatlilik), ma‟noviy qiymatliligi (semantik), iste‟molchi qiymatliligi
(paragmatik)ni baholash amalga oshiriladi.
Axborotni olishda ma‟lumotlarni tahlil
qilishning turli usul va
shakllari muhim o„rin egallaydi:
qandaydir voqeaga bog„langan holatlarni qidirish;
vaqt bo„yicha voqealar ketma-ketligini topish;
rivojlanishga vaziyatning muhimlik parametrlarini (ta‟sirini)
baholash;
chegaralarini (kriteriy) qidirish yo„li bilan obyektni (voqea,
vaziyat, jarayon) u yoki bu toifaga ajratish mumkin bo„lgan
toifalash;
obyektlarni qandaydir
belgilariga asosan guruhlash;
voqea va vaziyatlarni taxmin qilish (prognozlash).
Ko„pgina predmet sohalari uchun axborot manbalarining turli-
tumanligi xarakterlidir. Hozirgi kunda bu muammoni yechishning
yo„llaridan biri keng tarqalgan obyektga yo„naltirilgan
yondashuv
hisoblanadi. Obyektga yo„naltirilgan yondashuv asosida ajratish
quyidagi asosiy tushunchalardan iborat:
obyekt
,
sinf