d) jamiyatning har bir a’zosi qaerda bo'lishidan qatiy nazar axborot
tarmoqlari asosida xohlagan mamlakatidan turli xil mavzu hamda
yo'nalishdagi axborotni to'liq va tezkor sur’atda olish imkoniyatiga ega
bo‘lmoqda;
e) axborot tarmoqlari doirasida mamlakatlar o'rtasidagi georgrafik va
geosiyosiy chegaralar yo‘qolib borayapti.
Mutaxassislaming fikricha, axborotlashgan jamiyatda kompyuter
lashtirish jarayoni kishilarga ishonchli axborot manbayiga kirishga keng
imkoniyat yaratadi hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborot
mahsulotlarini qayta ishlashning yuqori darajasini ta ’minlash orqali ularni
ko‘p mehnat va vaqt talab etuvchi ishlardan ozod etadi. Axborotlashgan
jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish jarayoni tubdan o'zgaradi, balki hayot
mazmuni, xususan, moddiy boylikka qaraganda madaniy hordiq chiqarish
ning ahamiyati ortadi. Tovar ishlab chiqarish va iste’mol qilishga
yo'naltirilgan industrial jamiyatga nisbatan, axborotlashgan jamiyatda ko'proq
aqliy mehnat ulushini orttiruvehi bilim, intellekt, axborot ishlab chiqariladi
va iste’mol qilinadi. Turli xildagi kompyuter texnikasi asosidagi tizim va
tarmoqlar, axborot texnologiyalari hamda aloqa telekommunikatsiyalari
axborotlashgan jamiyatning material va texnologik bazasi bo'lib xizmat
qiladi. Boshqacha qilib aytganda, axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlar
ushbu jamiyat shakllanishining negizi sanaladi.
Axborot-kommunikatsiyalar bozorida asosiy tovar bo'lib axborot