„X odim “
„X odim lar"
Fan Yil Mansab Manzil
Fan Yil
Mansab Manzil
„M oliyalar“
Fan
Yil
Mansab Manzil
,,Xodim“
Fan Yil Mansab ish staji ish haqi Manzil
7.4-rasm.
Ma’lumotlaming yetarli bo'lishi.
M a’lumotlaming yetarli bo‘lish tamoyili.
Bu tamoyilning mohiyatiga
ko'ra, tegishli axborotlar MB da yagona nusxada saqlanadi va ular istalgan
masalani yechish uchun o'zaro bog'lanadi hamda yetarli bo'ladi. Masalan,
avtonom fayllardan iborat bo'lgan AATda ba’zi bir axborotlar takrorlansa,
MB da esa ulaming takrorlanishi butunlay barham topadi. 7.4-rasmda „Xodim",
„Xodimlar" „Moliyalar" fayllari o'rtasidagi bog'lanishlar tasvirlangan.
M a’lumotlar bankini boshqarishning markazlashtirish tamoyili.
Bu
tamoyilga ko'ra ma’lumotlami boshqarishning
barcha funksiyalari yagona
boshqarish dasturi—ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) ga
beriladi. Bu tamoyilga rioya qilish asosida AT dan foydalanishning samara
dorligi barcha jarayonlar MBBT orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarning ifodalanishini qayta ishlash jarayonlaridan ajratish
tamoyili.
Bu tamoyilga ko'ra, ma’lumotlaming ifodalanishi amaliy dasturlardan
tashqarida tayyorlanadi va MB da saqlanadi. Bu esa o'z navbatida dasturlash
jarayonini yengillashtiradi, dastur uchun zarur bo'lgan holda axborotlarning
hajmini kamaytiradi. Ma’lumotlar bankini yuritishni yaxshilaydi va h.k.
Shunday qilib, yuqorida ko'rib o'tilgan tamoyillar asosida MB ning
tarkibi
yaratildi, ya’ni AT ning mantiqiy, fizik
va dasturiy elementlari
o'rtasidagi o'zaro bog'lanish ishlab chiqiladi.
Yuqorida ko'rsatilgandek, axborotlar ma’lumotlar bazasida saqlanadi.
MB — amaliy dasturlarga bog'liq bo'lmagan holda ma’lum bir tartib
asosida o'zaro bog'liq ma’lumotlar to'plamidir.
Har qanday ma’lumot
fayli kabi, MB ham yozuvlardan tashkil
topadi. Yozuvlar esa o'z navbatida maydonchalardan hosil qilinadi. Yozuv
tezkor va tashqi xotiralar o'rtasida ma’lumotlar almashish jarayonining
eng kichik o'lchov birligi bo'lsa, maydoncha— ma’lumotlarni
qayta ish-
lashdagi eng kichik birlik hisoblanadi.
140